“Floàt Stream 700” rusumli unifikatsiyalashtirilgan o’roq uskunasi soyadek dukkakli o’simlikka xos bo’lgan ikkita muammoni bittada hal qiladi: o’simlikni o’rish paytida past o’lchamda kesishni amalga oshirib, loviyalarning shikastlanishini oldini oladi. Yuqorida ko’rsatilgan imkoniyatlarga kesuvchi apparat hamda o’roqning korpusida joylashtirilgan sirtni nusxalaydigan ikkita mexanizmlarning ishlatilishi tufayli erishiladi. Soyani yig’ish jarayonida esa ushbu mexanizmlarning ikkalasi ham bir vaqtda ishlatiladi.
“Floàt Stream 700” rusumli kombayn tizimining yana bir yagona ustunligi-bu uning universalligidir. Ushbu o’roq uskunasi deyarli barcha o’simlik turlarini yig’ishda ko’maklasha oladi -— donli, boshoqli, don-loviyali, yormali, hattoki zig’ir urug’larini yig’ishni ham uddalaydi.
Mexanizmlarning barchasi birgalashib ishlaydi
O’roq tagining butun maydonida tirgak boshmoqlarining o’rnatilganligi hamda egiluvchan (suzuvchi) pichoq va sirtni nusxalaydigan ikkita mexanizm bo’lganligi tufayli, soyani past o’lchamda kesish muammosi yechiladi.
Ham tekis, ham notekis maydonlarda ishlashi
“Floàt Stream 700” rusumli o’roqning prujinali pishangida joylashtirilgan va suzuvchi (egiluvchan) pichoq bilan jihozlangan kesuvchi apparati, ishlov berilayotgan maydonning barcha notekisliklariga moslashib, pastga va tepaga qarab, 50 mm ga harakatlana oladi. Pichoq harakatlanishining boshqarilishiga esa, kesuvchi apparat brusining tagida joylashtirilgan sirg’alib yuruvchi temir qismlari javob beradi.
Benuqson jarayon
Relyefni nusxalash jarayonining yuqori darajasi o’roqning korpusida boshmoqlarning joylashuvi hisobiga amalga oshiriladi. Ushbu jarayon natijasida esa, o’simliklarning sifatli o’rilishiga erishiladi.
Kesikning balandligi – 30 mm
Kesikning eng kichik balandligi 30 mmga teng bo’lib, maydonning ko’ndalang yo’nalishda joylashgan barcha notekis joylarini egib o’tishga imkoniyat yaratadigan mustaqil pishang podveskasi bilan ta’minlanadi. S-simon pichoqlar o’zining shakli bilan ajralib, o’rish jarayonida tuproqni qazimaydi, shu tufayli, o’rilgan o’tlar massasining ifloslanishini oldini oladi. Natijada ozuqaning yuqori sifat darajasiga erishiladi.
Universalligi
Soyadan tashqari, ushbu o’roq mashina boshoqli, urug’-loviyali hamda yormali o’simliklarni yig’ish jarayonida ham keng qo’llanib kelinmoqda. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda esa, “qattiq pichoq”dan foydalanish, ya’ni o’roqning korpusi sirtini nusxalaydiganu, lekin kesish apparati sirtini nusxalamaydigan darajada ishlatish imkoniyati paydo bo’ladi.