Yirik qoramol (shoxli mol)ning mahsuldorligi yuqori bo’lishi uchun, uni barra yashil ozuqa hamda yem-xashak bilan boqish kerak. Yuqori sifatli yashil ozuqa yoki yem-xashakni esa, yem-xashak yig’adigan kombayn bilan birgalikda ishlaydigan, 1.5 metrgacha bo’lgan ingichka poyali o’tlarni yig’uvchi o’roq mashina yordamida yig’ib olish mumkin.
Hattoki notekis dalalarda ham yerlardagi o’tlarni yig’ish jarayoni o’roqning o’ziga xos qurilmasi va tuzilishi yordamida amalga oshiriladi: ushbu o’roq uskunasi o’tlarni yig’ish jarayonining sifatli o’tishini ta’minlaydigan tenglashtirish mexanizmi bilan jihozlangan.
Sifatining afzalliklari
Sifatli kesigi
O’roq pichoqlarining joylashuvi ish jarayonining sharoitlariga qarab, pastga yoki tepaga yo’naltirilishi mumkin, bu esa o’z navbatida, o’roqning unumdorlik darajasini oshiradi.
Relyefni nusxalovchi tizim
Relyefni nusxalovchi tizim notekis bo’lgan maydonlarda o’roq uskunasini unumdor va samarali ishlatishga imkoniyat yaratadi.
Yuqori mustahkamlik darajasi
Kalavalaydigan charx (kalavacho’p) trubasining kattalashtirilgan diametri, yashil ozuqani hamda yem-xashakni tayyorlash kabi ishlarni qiyinchiliklarsiz bajarishni ta’minlaydi.
Texnik xizmatga sarflanadigan vaqtning kamayishi
Moylash nuqtalarining qulay joylashganligi, shu bilan bir qatorda, texnik tirqishlarni sozlash osonligi kabilar, mashinaning texnik xizmatiga ketadigan vaqtni kamaytirishga imkoniyat yaratib berdi.
Tenglashtiruvchi mexanizm
O’roqning korpusi ham uzunasiga, ham ko’ndalangiga harakatlanish ustunliklariga ega.