3-4 metrga teng ushlash eniga ega bo’lgan “Swa Pick” rusumli saralovchi-platforma, boshoqli, urug’-loviyali, yormali hamda guruchlarning o’rilgan o’t uyumlarini yig’ish uchun mo’ljallangan. Barcha kombaynning modellari va turlari bilan agregatlanadi. Massani toza yig’ish xususiyati, yuqori darajali unumdorligi hamda har qanday buzilishlar turlaridan saqlaydigan yuqori sifatli himoya tizimi ish jarayonining barqarorligini ta’minlab beradi.
Mustahkam tuzilishi hamda texnik xizmat ko’rsatish jarayonining soddaligi ushbu qurilmadan uzoq muddat davomida foydalanishga imkoniyat yaratib beradi. Shaxsiy buyurtma asosida plastik barmoqlar to’plami bilan birga yuborilishi mumkin.
Sifatining afzalliklari
Yuqori samaraga ega bo’lgan mexanizmlari
Saralovchi uskunaning tuzilishi qishloq xo’jalik o’simliklarini yig’ish jarayonini beto’xtov olib borishni ta’minlaydigan transportyor (tashuvchi qurilma), tenglashtiruvchi asbob, normallashtiruvchi asbob kabi moslamalarni o’z ichiga oladi.
Ortiqcha yuklanishlardan saqlovchi tizim
Saralovchining qarshi-uzatmani mahkamlagan maxsus tebrangichini o’z ichiga olgan tizim barcha ish mexanizmlarini ortiqcha yuklanishlardan saqlaydi.
Keng texnik imkoniyatlar
Maydonning relyefini uzunasiga hamda ko’ndalangiga nusxalash kabi imkoniyati tashuvchidan platformaga oshiq-moshiqli podveska orqali amalga oshiriladi.
Shnek
Shnek esa ekstsentrik barmoqli mexanizm bilan jihozlangan
Tashuvchi
Tashuvchining 200 ta barmoqlardan ortiq tizimi o’rilgan o’t uyumlarini sifatli terib oladi.
Turli sharoitlarda ish olib borish imkoniyatlari
Ushbu saralovchi-platforma barcha tuproq-iqlimiy hududlarda ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, turli agrofonga ega bo’lgan maydonlarda bir xil natijalarni ko’rsatadi.