“Uni Cart 3000” rusumli bir o’qli hamda “Uni Cart 4000” ikki o’qli ko’p vazifalarni bajara oladigan aravachalar – o’roqlar, sepuvchilarni hamda ushlash eni 5 santimetrdan 12 santimetrgacha bo’lgan boshqa uskunalarni umumiy foydalanish, xo’jalik ichidagi hamda dalalardagi yo’llarda tashishda foydalaniladi. Sifatli ustunliklari.
Adapterlarni tashishdan tashqari, ushbu aravachalar – mashinalar turargohida joylashtirilib, o’roqlarni yechish/osib qo’yishda yordamchi uskuna sifatida hamda boshqa uskunalarni kombaynlarga osishda foydalanilishi, yoki quvvat vositasi tariqasida ishlatilishi mumkin.
“Uni Cart” rusumli aravachalar nafaqat o’roqlar hamda ularning asboblarini, balki turli xil modifikatsiyalarga ega bo’lgan sepuvchi qurilmalarni tashishda ham keng foydalaniladi.
“Uni Cart 4000” rusumlli aravachaning o’ziga xos farqli jihatlari
Ushbu aravachaning eng asosiy xususiyatlaridan biri, bu 4000 kilogramm massasiga ega bo’lgan uskunalarni tashishga imkoniyat yaratuvchi, ikki o’qli ramasi hisoblanadi.
Yarimo’q (yig’ilgan ko’rinishda) import ehtiyot qismlaridan yasalgan bo’lib, “Uni cart” rusumli aravachalarning qo’shimcha mustahkamlik kafolati hisoblanadi. Ushbu o’qlar, turli qoplamaga ega bo’lgan yo’llarda uchraydigan qiyinchiliklarni osongina uddalaydi.
Shu bilan bir qatorda, usbu aravachalar harakatlanish jarayonida, transport vositalarining tashqi yorug’lik uskunalaridagi yorug’lik signallarini takrorlay oladi. Bunday imkoniyat esa, aravachalarni ishlatish jarayonida qulaylik va xavfsizlikni ta’minlab beradi.