“Argus” rusumli 4, 6, 8 hamda 12 qatorli yuqori unumdorlikka ega makkajo’xori o’roqlari, texnik pishgan darajasiga ega bo’lgan, oziq-ovqatga hamda yem-xashakka to’g’ri keladigan makkajo’xorilarni yig’ish uchun mo’ljallangan.
Ushbu adapterlarning asosiy qoidalaridan biri esa, bu urug’-donlarga bo’lgan ehtiyotkor munosabatidir.
O’ziyurar yuqori samarali va unumdor urug’ yig’uvchi kombayn bilan birga ishlashda, ushbu qurilmalar juda ham yaxshi natijalarni ko’rsatadi. Bunday qurilmalarni qulay boshqarish imkoniyati hech qanday tashvishsiz ishlashga imkoniyat yaratib, ortiqcha yuklanishlarning oldini oladigan mexanizmlari esa, ishlatishning mustahkamligi va sifatini ta’minlab beradi.
O’roqning tuzilishi kombaynning ish joyidan turib, makkajo’xori so’talarini ajratish uchun kerakli plastinalar orasidagi masofani belgilashga imkoniyat yaratib, makkajo’xorining turli navlarini yig’ishda kerakli bo’lgan sozlamalarga ketadigan vaqtni keskin kamaytiradi.
Pichoqning jo’vallari makkajo’xorining poyasini nafaqat uzatadi, balki poyani teng qismlarga ajratgan holda maydalaydi ham. Shu tariqa, kombayn ishlab o’tib ketganidan keyin faqat 100 mmdan uzun bo’lmagan poyalarning qoldiqlari qolib, ushbu qoldiqlarning barchasi bir mavsum ichida tuproq bilan birgalikda qayta ishlanadi.
Shunga ko’ra, maydonni og’ir diskli sixmola (borona) bilan ishlov berishga bo’lgan muhtojligi keskin kamayadi. Ushbu o’roq mashinasi Yevropada ishlab chiqarilgan, agregatning uzoq vaqt davomida ishlashini ta’minlaydigan, sifatli va mustahkam reduktorlar bilan jihozlangan.
“ARGUS” rusumli o’roqlarda, konusli reduktorlar hamda kardan uzatmasidan tashkil topgan uzatmaning 2 tomonli ish jarayoni ishga tushirilgan. Bunday tizim shunga o’xshash o’roqlarda ishlatiladigan zanjirli uzatmalardan ko’ra, mustahkamroq va sifatliroqdir.
Yuqorida aytib o’tilgan uzatma tizimi, mavsum ichida eng kam darajadagi texnik xizmatga ehtiyoj sezib, o’roqning shovqinsiz, sifatli, mustahkam hamda uzoq muddatli ishini ta’minlab beradi.
“Argus” rusumli o’roqlarning keng modellari qatori eng yengil kombaynlar uchun ham, hech qanday qo’shimcha yuklarning o’rnatuvisiz to’g’ri keladigan o’roqni tanlashga imkoniyat yaratib beradi. Bu esa, o’z navbatida, quvvat sarflanish darajasini kamaytirib, kombayn g’ildiraklarining tuproqqa bo’lgan bosimini kamaytiradi.