ROSTSELMASH

1929-yilda qishloq xoʻjaligi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxona sifatida tashkil etilgan “ROSTSELMASH” korxonasi – Rossiyaning qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxona unvoniga sazovor boʻlib, xalqaro qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalarning peshqadamlar qatoriga kiritilgan. Aynan “Rostselmash” zavodida dunyoda eng koʻp kombayn ishlab chiqarilgan – 2,6 mln texnika birligidan ortiq.

Ushbu korxona  turli davrlarda turli oʻzgarishlarga duch kelgan. Ammo, hech qanday oʻzgarishlarga qaramay, Rossiyaning kombaynlarni ishlab chiqaruvchi ramzi – innovatsion yangiliklarni kiritish, mahsulotlarning sifatini yaxshilash, modellarning qatorini kengaytirish orqali rivojlanish yoʻli boʻylab ravon qadam tashlamoqda.

Bugun “Rostselmash” – “ROSTSELMASH”, “VERSATILE”, “FARM KING”, hamda “Buhler” brendlari ostida turli-tuman texnikalarni ishlab chiqaruvchi 13 ta sanoat korxonalarni oʻz ichiga olgan korxonalar guruhi koʻrinishiga ega. Rossiya, AQSH, Kanada hamda YI (Yevropa Ittifoqi)da joylashgan yigʻish maydonlarda – tuproqni tayyorlash hamda ekishdan boshlab, to hosilni yigʻish hamda hosilni qayta ishlashgacha boʻlgan unumli agro-tadbirkorlik sohasini amalga oshirish imkoniyatlarni yaratib beruvchi koʻplab mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqariladi. Korxonaning mahsulot doirasi 150 ta modelni hamda ularning 24ta modifikatsiyalashtirilgan (yaxshilash niyatida kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar) texnika turini, shu bilan bir qatorda gʻalla hamda yem-xashakni yigʻuvchi kombaynlarni, traktor va purkovchi texnikasini, yem-xashakni tayyorlovchi hamda don mahsulotlarni qayta ishlaydigan va shu kabi boshqa asbob-uskunalarni oʻz ichiga oladi.

“Rostselmash” korxonasining texnikasi dunyoning 56 ta mamlakatidagi foydalanuvchilari oʻrtasida tan olinib, uning mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Tarmoqlangan dilerlik tarmogʻi esa tezkor servis xizmati hamda har bir mijozga boʻlgan alohida e’tiborni kafolatlab beradi.












Ishlab chiqaruvchi tovarlari