VERSATILE PS1200/PS850 rusumli tirkama-purkagich

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

VERSATILE PS1200/PS850 rusumli tirkama-purkagich rusumli tirkama-purkagichlar o’simliklarni himoya qilish hamda suv eritmasi ko’rinishidagi o’g’itlarni solish kabi jarayonlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Purkagichlar ham yaxlit, ham lentali qoplash usullari uchun birdek samarali hisoblanadi.

O’g’itlarni solish tezligi va me’yori operator tomonidan belgilanadi hamda harakatlanish tezligining o’zgarishidan qat’iy nazar, belgilangan darajada avtomatik ravishda tutib turiladi.

VERSATILE rusumli tirkama purkagichlar 15 km/soatgacha tezlikda harakatlanib, 1 gektarga 5 litrdan 400 litrgacha bo’lgan o’g’itlarni kirita oladi.

Kimyoviy eritmalarni dalaning o’zida tayyorlash uchun kimyoviy moddalarning tashqi aralashtirgichidan foydalaniladi. Ushbu aralashtirgichning sig’imi 20 litrga teng. Kimyoviy tara uchun yuvish qurilmasi. Bundan tashqari, qulaylik uchun, aralashtirgich balandlik bo’ylab pastlatilishi mumkin.

Boshqaruv paneli
Raven korxonasining sug’orish kompyuterini ishlatish juda oson. Bir nechta tugmalarni bosish yo’li orqali O’HV (o’simliklarning himoya vositalari)ning kerakli bo’lgan me’yori o’rnatiladi. Ushbu kompyuter esa o’z navbatida, o’rnatilgan O’HV me’yorini tezlik o’zgarishining keng diapazonida yuqori aniqlik darajasi bilan tutib turadi.

Bundan tashqari, GPS bazasiga asoslangan holda, ish jarayonini joylashish jarayoni bilan birga olib borish imkoniyatlari ham mavjud. Bu o’z navbatida, O’HVni kiritishning aniqlik darajasi, tezligi va unumdorligini oshirib, purkagichlar bilan ishlash jarayonini osonlashtiradi.

Shtangani boshqarish uchun tashqi pultdan foydalaniladi. Versatile purkagichlarining boshqaruv panellari aniqlik, soddalik hamda mustahkamlik kabi o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa texnikalardan ajralib turadi.


VERSATILE PS1200/PS850 rusumli tirkama-purkagich rusumli tirkama-purkagichlar o’simliklarni himoya qilish hamda suv eritmasi ko’rinishidagi o’g’itlarni solish kabi jarayonlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.

  • Tavsif: PS1200/PS850
  • Ishlab chiqaruvchi: ROSTSELMASH
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Россия

PS850PS1200
Talab qilinadigan traktor quvvati, l.s.
80
100

Bakning sig’imi, l

32004540

Shtangalarning uzunliklari, m

18/24/2718/24/27
Shtangalarning ilgaklari
gidravlik silindrli parallelogram hamda bir qavatli egiluvchan rezina-temirli qismi (elementi) *(Henschen)
Shtangalarning balandligini sozlash, sm63,5-167,063,5-167,0
Eritmalarni yuborish nasoslari
500 L/daq unumdorligiga ega bo’lgan gidrodvigateldan uzatma yoki 380 L/daq unumdorligiga ega bo’lgan QTV (quvvatni tanlash vali)dan uzatmali markazdan qochma nasos
700 L/daq unumdorligiga ega bo’lgan gidrodvigateldan uzatma yoki 380 L/daq unumdorligiga ega bo’lgan QTV (quvvatni tanlash vali)dan uzatmali markazdan qochma nasos
Eritmani yuborish tizimiForsunkalar bloki (uchta konus naycha) bir-biridan 50 smga teng bo’lgan masofada joylashgan bo’lib, qo’shimcha filtrlar bilan jihozlangan
Shinalar o’lchamlari
380/85R 38 
320/90R 46
G’ildirak izini sozlash, sm
 183-305
 183-305
Suv uchun bakning sig’imi, L
 58
58
Oqib o’tuvchi suyuqlik uchun bak sig’imi, L
 136
136
Transport eni, m
3,65 
3,65
Transport balandligi, m
2,80
2,80
Traktor bilan birikish barmog’ining diametri, mm
25-32
25-32
Purkagichning og’irligi (ekspluatatsion), kg
6800
8200
Purkagichning og’irligi (yuk ortish uchun), kg
 
3600 (shtanga bilan birga 24 m)  
3700 (shtanga bilan birga 24 m)  
* Shtanganing rezinali torsion ilmog’i –AQSH patenti 6.047.901

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish