“Grass Header 600” rusumli rotorli osma o’roq uskunasi

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

“Grass Header 600”rusumli rotorli osma o’roq uskunasi sepilgan hamda mollar uchun ozuqa tariqasida ishlatiladigan tabiiy va boshqa turdagi o’tlarni o’rish uchun mo’ljallangan. Ushbu rusumli o’roq uskunasi tekislangan relyefli maydonlarda hamda tekisliklarda joylashgan hududlardagi yerlarda ishlatiladi.

Uskuna “RSМ-1403”rusumli kombayn hamda ushbu kombaynning o’zgartirilgan turlari bilan birga agregatlanadi. Rotorning aylanish kuchi yuqori bo’lganligi sababli (3000 aylanish/daqiqa)— ushbu o’roq uskunasi kombaynning 15 km/soatga teng bo’lgan tezlikda harakatlanish paytida o’tlarni kesib, ekinlarning ildiziga zarar keltirmaydi. Bunday jarayon esa, o’tlarni yig’ish unumdorligini oshirib, kelgusi o’t kesish mavsumida hosilning yuqori darajaga yetishini ta’minlab beradi.

Yuqori tezlikda ishlash jarayoni
Kesuvchi brus rotorlar hamda qayiltirilgan pichoqlarning maxsus tuzilishi kesilgan o’tlarni kesish jarayonidan uzoqroqqa joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Bu esa, sarf qilinadigan quvvatni kamaytirib, yuqori tezlikda ishlashni ta’minlab beradi.

Rotorning har biri ortiqcha yuklanishdan saqlangan
O’tlarda ko’zga ko’rinmaydigan jiddiy to’siqlarga (vodoprovod jo’mragi, stolba kabi) uchragan yoki ularning ustini bosgan o’roqning har bir rotorida joylashgan himoyalovchi kesish elementlari kesish brusining qolgan qismlarini keskin buzilishlardan himoyalab qoladi. Aynan shunday yechim hisobiga, tishli g’ildiraklarni qayta-qayta almashtirish va ularni yig’ishga ehtiyoj bo’lmaydi. Shunchaki kesuvchi tirgak almashtirilsa bas–o’roq ish olib borishga tayyor bo’ladi.

Tuproqning relyefini mustahkam nusxalash jarayoni
Tuproqqa bo’lgan bir xil darajadagi bosimga o’roqning tenglashtiruvchi mexanizmi orqali erishiladi. Bu esa tuproqning relyefini birdaniga emas, balki bir maromda nusxalash imkoniyatini beradi. Shu tariqa, notekis yerlarga ega bo’lgan maydonlarda o’roq shaklining o’zgarish (deformatsiyalanish) darajasi pasayib, o’roqning uzoq vaqt davomidagi ish jarayoni ta’minlanadi.

Pichanning namunali sifati
Maxsus qayiltirilgan tuzilishga ega pichoqlar kesilgan va o’rilgan massani o’roqning kesuvchi brusi harakatlanishi bo’yicha tepaga va orqa tomonga uloqtiradi. Ya’ni, yuqori hosildorlikka ega bo’lgan o’tlarni kesish jarayonida, kesuvchi brus oldida hech qanday to’siq bo’luvchi massa yig’ilmaydi, o’rilgan massa esa qayta kesilmaydi.

Ishlatishning osonligi
Kesuvchi brusga oddiy va oson yetishish yo’li o’roqdagi oldingi qalqonchalarning ko’tarilishi hisobiga amalga oshiriladi. Maxsus texnika hamda asboblarning ishlatilishiga bo’lgan zaruriyatning yo’qolishi esa, texnik xizmatga sarflanadigan vaqtning keskin kamayishiga imkoniyat yaratadi.

Favqulodda holatlarda ishonchli ish jarayoni
Kardan valida joylashtirilgan himoyalovchi mufta yuqori darajali og’ir ish jarayoni paydo bo’lganida, mustahkam va sifatli himoyani ta’minlab beradi.



  • Tavsif: ЖРН-600
  • Ishlab chiqaruvchi: ROSTSELMASH
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Россия
Unumdorligi , t/soat (o’tning namligi 75% va hosildorligi 25 t/ga bo’lgan vaziyatlarda)
90
Kesish balanligining sozlash diapazoni, mm
50-150
Ish harakatining tezligi, km/s15
Ushlash eni, mm6200
Vazni, kg2800
Ishlatadigan quvvati, kVt73,5
O’roqdagi rotorlarning soni, dona16
Rotorlarning aylanish tezligi, aylanish/daq3000+/-150
O’rish vaqtidagi yashil massani yig’ish jarayoni, %98

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish