“KUHN” rusumli ekuvchilar sinfiga oid “PLANTER-3”modeli har bir urug’-donning o’zining qatorida joylashish aniqligi hamda donlarning tushish eng kichik nuqtasini (10 smdan kam) ta’minlab beradi.
O’g’itlarni kiritish tizimi esa, har bir qatorcha uchun mo’ljallangan o’pqon-dozatorli g’altak ko’rinishiga ega. Boshqa o’simliklar orasida, ushbu ekuvchi modul hattoki kungaboqar hamda makkajo’xori bilan ishlay oladi.
• 2х190 litrli, 2х260 litrli, 950 litrli hamda1350 litrli polietilen bunkerlarning o’rnatish imkoniyati mavjud. Bunday qulaylik esa berilgan sharoitlarga mos sig’imni hamda bajarilish tartibini tanlashga imkoniyat yaratib beradi;
• Shuningdek, o’g’itlar uchun mo’ljallangan old osma bunker mavjud;
• Pnevmatik mikrogranulyator esa insektitsid (hashoratlarga qarshi kurashadigan vosita), gerbetsid (yovvoyi o’tlarga qarshi kurashadigan kimyoviy vosita), shilliqurtlarga qarshi preparatlar hamda boshqa granulalarni kirita oladi;
• “KMS208”hamda “KMS412” rusumli boshqaruvchi bloklar ekish jarayonini nazorat qilish imkoniyatini yaratib beradi;
• Qatorchaga ekish jarayonini to’xtatish zaruriyati tug’ilganida, “KMD112” rusumli boshqarish blokidan mexanik yoki avtomatik tarzda foydalaniladi;
• Chuqur ekish jarayoni uchun a’lo darajadagi iqtisodiy yechim – ekish chuqurligini nazorat qiladigan mayatnikli (tebranuvchi) modul yoki balansir;
• Orqa tarafida joylashtirilgan chuqurlikni cheklovchi plug tishiga asoslangan holda, balandligi bo’yicha o’zgartirilishi mumkin;
• Ham orqa, ham old g’ildiraklari tuproq bilan aloqada bo’lib, relyefga to’g’ri keladigan ishni amalga oshiradi: istalgan donlarning bir tekisdagi ekish jarayoni, ayniqsa yaxshi tayyorlangan tuproqlarda – qandlavlagining ekilishi.