LONKING

LONKING” korxonasining rivojlanish hamda paydo boʻlish tarixi juda ajoyib hamda namunali – bugungi kunda Xitoyning eng yirik texnikani ishlab chiqaruvchisi hisoblanuvchi bu korxona yaqindagina oʻzining 20 yilligini nishonladi.


“LONKING” ning birinchi zavodi esa 1993- yilda Fudzyan shahrida barpo etilgan boʻlib, oʻsha davrda ushbu korxona “China Infrastructure Machinery Holdings Limited” degan nomga ega boʻlgan. Faqatgina 2008- yilda korxonaning nomi “Lonking Holdings Limited”ga oʻzgartirildi.


“LONKING” nomi ikkita soʻzlarning birikmasidan paydo boʻlgan: “Ajdarho” ma’nosini anglatuvchi xitoycha “LON” soʻzi, hamda “Qirol” ma’noni anglatuvchi inglizcha “KING” soʻzlaridan. Shunday ekan, “LONKING” – “Ajdarholarning qiroli” degan ma’noni anglatadi.


Murakkab maxsus texnikani “bahaybat temir mashinalar” deb bejiz nomlashmagan, “LONKING” korxonasi esa koʻplab koʻrsatkichlar boʻyicha jahon miqyosidagi bozorda yetakchilik oʻrinni egallab, “LuiGong” hamda “XCMG” kabi jahonga mashhur brendlar bilan raqpbatlashmoqda.


22.jpg

Ushbu korxonaning bunday tez erishgan muvaffaqiyatning asosiy sababi esa – sanoat korxonasida zamonaviy va yangi asbob-uskunalarni boshidan boshlab ishlatganidir.

Shu bilan birgalikda, ancha ahamiyatli ega boʻlgan sabablaridan yana biri bu – ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni kamaytiruvchi energiya quvvatini tejovchi texnologiyalarni kiritish korxonaning asosiy siyosati hisoblanadi. Bunga qoʻshimcha, korxona mamlakatning ekologiyasini asrab-avaylab kelgan holda, tabiiy resurslarni oqilona tarzda ishlatib kelmoqda.

19.jpg

Shu bilan bir qatorda, korxonaning tor ixtisoslashuvi ham katta rol oʻynab kelgan – maxsus texnika, asbob-ukunalar, yoʻl-qurilish texnikasi, toʻliq siklga ega boʻlgan zavodlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchilardan yoʻnaltirilgan qurilish materiallari bilan ta’minlash – ushbu korxonaning yetakchi yoʻnalishlaridan biri hisoblanib keladi.

“LONKING” korxonasi  gʻildirakli yuk ortgichlarni, gidravlik ekskavatorlarni, yoʻl gʻaltaklarni, shu bilan bir qatorda uchi ayri (panshaxali) yuk ortgichlarni, motogreyderlarni, bortli burilish imkoniyatiga ega boʻlgan yuk ortgichlarni hamda osma asbob-uskunlarni ishlab chiqaradi.

20.jpg

Shu bilan birgalikda ushbu korxona: uzatmalar qutisini, gidro-transformatorlarni, gidravlika tizimlarning butlovchi qismlarini, yetakchi vallarni va shu kabi boshqa frontal yuk ortuvchi texnika uchun zarur boʻlgan asosiy butlovchi qismlarni loyihalashtirib ishlab chiqaradi. Frontal yuk ortgichlarni ishlab chiqarish lokalizatsiyasi 90% gacha yetib boradi, bu esa ishlab chiqarish jarayonining tannarxini sezilarli darajada kamaytiradi. 


23.jpg

2009-2010 yillarda “LONKING” korxonasi  500 million yuanni  ilmiy faoliyatga sarfladi. Yangi mahsulot hamda yangi texnologiyalarni loyihalashtirishga, mavjud boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlarni takomillashtirish hamda rivojlantirishga, shu bilan bir qatorda, zamonaviy ilmiy hamda texnologik kashfiyotlarni ishlatish jarayonlarini izlashga sarflangan maglagʻlari esa – umumiy investitsiya mablagʻlarning 30Gt ga tengdir!

2010 yilda “LONKING” korxonasi ISO 9001 sertifikatini qoʻlga kiritadi.

18.jpg

Bugungi kunda Fudzyanda joylashgan “LONKING” zavodi  900 000 kvadrat metr maydonga ega boʻlgan eng ulkan va zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi hisoblanib, gʻildirakli yuk ortgichlarni, yoʻl gʻaltaklarni, shu bilan birgalikda koʻprik va gidravlika butlovchi qismlarni, transmissiya hamda shu kabi boshqa agregatlarni ishab chiqarish jarayonlarini amalga oshiradi.












Ishlab chiqaruvchi tovarlari