(+998 71) 280 00 71
|(+998 71) 280 00 72
(+998 71) 280 00 71
|(+998 71) 280 00 72
Bugungi kunda “XCMG” (Xuzhou Construction Machinery Group Inc.) korporatsiyasi – qurilish texnikasini ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashtirilgan Xitoyning eng ulkan sanoatlaridan biri hisoblanib kelmoqda.
“XCMG” korporatsiyasining tashkil etiligan sanasi 1989- yilning iyul oyi hisoblanadi. Ushbu oyda 3 ta zavod yagona ilmiy-kashfiyot institutiga birikkan. Ikkinchi jahon urushida harbiy ehtiyojlarga harbiy texnikani ishlab chiqargan va oʻzining tarixini 1943 yildan boshlagan “Lunan qoʻshinning sakkizinchi yoʻnalishi” ishlab chiqaruvchi korxona Korporatsiyaning asosi boʻldi.
Rivojlanishning navbatdagi muhim davrlari: 1950 yilda ushbu Korxona tomonidan Xitoyning birinchi bugʻda harakatlanuvchi yoʻl gʻaltagi ishlab chiqarilgan, 1963 yilda – birinchi mexanika avtomashina krani, 70-yillarda esa “ZL40” rusumli yuk ortgichning birinchi avlodi paydo boʻldi.
90-yillarda ushbu korxona oʻzining birinchi sifat sertifikatlarini ola boshlagan, 2000-yillarga kelib korxona Xitoyda ilk bor 100 tonnalik kranni, 2003- yilda esa “XCMG” rusumli 500 tonnalik kranni ishlab chiqargan.
2004- yilda “XCMG” korxonasi Xitoydagi sanoat sohasida eng mashhur va taniqli savdo belgisi unvoniga sazovor boʻldi.
2010- yilda “XCMG” korxonasi “Tabiiy ofat hamda zilzila oqibatlarni yoʻqotish boʻyicha milliy guruh” unvoniga sazovor boʻldi.
2011- yilda esa “XCMG” korxonasi Xitoyning sanoat sohasidagi yetakchi unvoniga, ya’ni “Xitoy sanoati tomonidan e’tirof”ga ega boʻldi.
2012- yilning may oyida “XCMG” korxonasi – qurilish texnikani ishlab chiqaruvchi yetakchi 5 ta jahon korxonalar qatoriga qoʻshildi.
2012- yilning oktabr oyida esa “XCMG” korxonasi avtokranlarni ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida birinchi oʻrinni egalladi.
Bugungi kunga kelib, “XCMG” brendi Xitoy Xalq Respublikaning ichki bozoridagi eng mashhur savdo belgilaridan biri hisoblanadi. Ushbu korxona oʻzi tashkil topgan kunidan boshlab mamlakatida qurilish texnika sohasida yetakchi oʻrinlarni egallash, hamda xalqaro maydonda kuchli va har tomonlama rivojlangan raqobatchi boʻlish kabi maqsadlar qoʻygan.
Bugungi kunga kelib, “XCMG” konserni tomonidan “Caterpillar”, “Liebherr”, hamda “ThyssenKrupp” kabi yirik birinchi darajali va mamlakatlararo aloqaga ega boʻlgan korxonalar birgalikdagi 14ta qoʻshma sanoat korxonalari tashkil etilgan. Bunday hamkorlikning natijasi nafaqat “XCMG” korxonasi mahsulotlarining sifati oshishiga, balki menejment, texnologiyalar hamda konsernning xalqaro statusiga ega boʻlish imkoniyatlarni yaratib berdi.
Hozirgi paytda “XCMG” korxonalar guruhi 26ta shoʻba korxonalardan iborat. Shu bilan bir qatorda, oʻziyurar yuk kranlarni ishlab chiqaruvchi filial “XCMG” korporatsiyasining eng yirik boʻlinmasidan biri sanaladi.
“XCMG” savdo belgisi ostida ishlab chiqariladigan yoʻl-qurilish hamda maxsus texnikani ishlab chiqaruvchi boʻlinma kattaligi hamda ishlab chiqarish hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallab, quyidagi texnika turini ishlab chiqaradi:
Bu – Xitoy korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning toʻliq roʻyxati emas. Shu bilan birgalikda, “XCMG” korxporatsiyasi yoʻllarni yamash uchun moʻljallangan vositalarni, beton nasoslarni, shu bilan bir qatorda maxsus ish doirasiga ega boʻlgan mashinalarni hamda ularga boʻlgan turli butlovchi qismlarni ishlab chiqarish jarayonlarni yoʻlga qoʻydi.
“XCMG” korxonasining ishini boshqarish jarayonining eng asosiy qonunlaridan biri - bu uning bayanlmilallashuvidir. Xalqaro talablarga asoslangan holda, “XCMG” korporatsiyasi Yevropa, Amerika hamda Shimoliy-sharqiy osiyoda distribyutorlik (ta’minlovchi, mahsulotlarni tarqatuvchi) tarmogʻini, shu bilan bir qatorda xalqaro bozorda tadqiqotlar oʻtkazish uchun agentlik tarmogʻini tashkil qildi.
Ushbu korxonaning mahsuloti – dunyoning 140 mamlakatiga yoʻnaltirilib eksport qilinmoqda.