MTZ

Minsk traktor zavodi (MTZ) 1946- yil 29- may kuni tashkil topgan. Bugungi kunda 22 000 ishchi ishlayotgan ushbu sanoat korxonasi, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaradigan korxona sifatida nafaqat MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi)da balki butun dunyoda ham mashhur.

Butun dunyoga taniqli hamda mashhur boʻlgan traktorlarni ishlab chiqarishga ushbu korxona pogʻonama-pogʻona kelgan. Zavodning birinchi mahsuloti ishga tushirish dvigateli boʻlgan, traktorlarni ishlab chiqarish jarayoni esa gusenitsali mashinalardan boshlangan. 1953- yilda traktorlarni pnevmatika shinalarda ishlab chiqarish jarayoni boshlangan, bu esa sanoatning boʻlajak ixtisoslashuvini belgiladi. 1958- yilning oʻzida  Minsk traktor zavodi oʻzining yuz minginchi traktorini ishlab chiqargan.



Трактор КД-35

Xalqaro bozorlarni oʻzlashtirar ekan, Minsk traktor zavodi, MDHning traktorlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan birinchi boʻlib, oʻzining barcha ishlab chiqarayotgan mahsulotlari Yevropa Ittifoqining standart va talablariga mosligini “Silsoe” (Buyuk Britaniya) institutida sertifikatsiyaladi.

2000- yilning may oyida esa, ushbu sanoat traktorlarni loyihalashtirish hamda ishlab chiqarishga ISO-9001 sifat talablariga javob beruvchi guvohnomasiga sazovor boʻlgan. Bu esa, Minsk traktor zavodida xalqaro standart talablariga javob beruvchi sifat tizimi paydo boʻlganini anglatgan. Germaniyaning TYUF-Tyuringiya korxonasi tomonidan oʻtkazilgan guvohnomali audit tekshiruvining natijalari buni tasdiqlaydi.


Минский тракторный завод

2016- yilda Minsk traktor zavodi oʻzining 70 yilligini keng nishonladi. Xoʻjalik ishlarida erishgan alohida yutuqlari uchun sanoat korxonasi Belarus Respublikasining Faxriy Davlat bayrogʻiga sazovor boʻldi.

Bugungi kunda ushbu zavod oʻzining mijozlariga 200 dan ortiq turli-tuman ob-havo hamda ishlatish sharoitlarga moslashtirib yigʻilgan 100dan ortiq modellarini taqdim qiladi, ular iqlim va ishlatish sharoitlariga qarab, 200 dan ziyod yigʻma variantlarga ega. Yangi modellar esa oʻz navbatida turli xil ishlab chiqaruvchilarning qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan moslashishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi.


Трактор БЕЛАРУС

“MTZ” OAK gʻildirakli traktorlar hamda ularga zarur boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlarni loyihalashtiradi, ishlab chiqaradi hamda eksport qiladi, shu bilan birgalikda, litsenziya asosida ularning ishlab chiqarish jarayonlarini chet mamlakatlarda amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi, sotilgan mashinalarga servis hamda sozlash xizmatlarni koʻrsatadi, ishlab chiqariladigan texnikani ishlatish hamda unga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻquv jarayonlarni olib boradi.


Каждый 10-й трактор в мире  из Беларуси

“MTZ” ОАKning raqobatbardoshligi yuksak rivojlangan davlatlarning bozorlarida koʻpdan buyon mavjudligi hamda hayotning oʻzi tomonidan sinovdan oʻtgan. “Belarus” rusumli traktorlar butun jahon boʻylab fermerlarni, birinchi navbatda oʻzining ishlatish jarayonidagi mustahkamligi, boshqarishdagi soddaligi, texnik xizmat koʻrsatishning osonligi hamda oʻrtacha narxlari bilan maftun qiladi.


Каждый 10-й трактор в мире - из Беларуси!

Bugungi kunga kelib, Xolding tizimiga  “MTZ” OAK korxonasidan tashqari yana toʻqqizta sanoat korxonalari kiradi:

  • Bobruysk traktor ehtiyot qismlari va agregatlari zavodi
  • Vitebsk traktor ehtiyot qismlari zavodi
  • Minsk maxsus asboblar va texnologik jihozlash zavodi
  • Minsk shesternyalar zavodi
  • Lepel elektromexanika zavodi
  • Xoynik gidroapparatura zavodi
  • Narovlyan gidroapparatura zavodi
  • Lepel ta’mirlash-mexanika zavodi
  • Mozir mashinasozlik zavodi

Трактор БЕЛАРУС












Ishlab chiqaruvchi tovarlari