BL-2500 rusumli chotkali asbob-uskuna

Mahsulot mavjud

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmogi telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

“BL-2500” rusumli cho’tkali asbob-uskuna turli xil ishlar, jumladan, kochalarni hamda kocha maydonlarini, yashash maydonchalarini va qattiq qoplamaga ega bolgan yolaklarni qordan yoki axlatdan tozalashga moljallangan bolib, turli rusumli transport vositalarini shatakka olish uchun keng foydalaniladi.

Bundan tashqari, ushbu texnika tokiladigan (sochiladigan) tuproqni joylashtirish yoki chuqur hamda xandaklarni tuproq bilan toldirish uchun ishlatilishi ham mumkin.

Ushbu asbob-uskuna Z 1,4 sinfiga oid asosiy traktorga joylashtiriladi.

BL-2500 rusumli chotkali asbob-uskuna yil mobaynida har qanday vaqt va har qanday ob-havo sharoitlarida tozalash ishlarini bajarishga imkoniyat yaratib beradi. Ushbu model ish jarayonida kop narsalarni talab qilmasligi, yuqori ishonchlilik darajasi, oqilona harajatlari hamda barcha ehtiyot qismlarining mavjudligi bilan boshqalardan farq qiladi.

Ishchi uskunalarni boshqarish jarayoni esa togridan-togri haydovchi kabinasidan olib boriladi.

Yol agdargichning eng kichik bolgan qiyalik burchagi 0 darajaga teng bolib, eng katta qiyalik darajasi - 30 darajani tashkil etadi. Bunday natija esa 2550 mmlik ish kengligida, ushbu asbob-uskunaga keng faoliyat imkoniyatlarini yaratib beradi. Agdaruvchining pastki qismi esa rezinadan yasalgan qoygich bilan jihozlangan bolib, ish jarayonlari paytida qoplamalarning buzilish yoki yedirilish darajasini kamaytiradi.

Yo'llarni tozalash uchun maxsus cho'tka polipropilenli junli val hamda ramadan tarkib topgan bo'lib,uzatmasi traktor QTVsidan amalga oshiriladi. Aylanish momenti orqa QTVdan asbob-uskunaning kardan vali yordamida, chotkaning reduktoriga uzatiladi. Reduktor esa, mufta orqali chotkaning vali bilan birlashtiriladi.

Cho'tkani yopib turadigan postin qisman egiluvchan va elastik rezinadan tayyorlangan. Aynan ushbu rezina qismi uskuna tosiqlarga uchragan paytida, qurilmaning buzilishlarini oldini olib, ishni hech qanday shikastsiz davom ettirishga imkoniyat yaratadi.

Cho'tka yordamida tozalashning ishchi kengligi - 1800 mm. Chotkaning aylanish chastotasi 0 dan 160 r/daqiqagacha bolib, turli tezlikdagi tozalash jarayonlarini amalga oshirishga yordam beradi.


  • Tavsif: -2500
  • Ishlab chiqaruvchi: MTZ
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati:
Cho’tka
traktor QTVsidan boshqarilishi
Tozalash tasmasining eni, 1800
Uskunaning qiyaligi (burchagi), darajalar
35
Aylanish tezligi, aylanish/daqiqa0-160

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish