“МТZ-80Х” rusumli traktor osma, yarim osma hamda tirkama mashinalar va moslamalar yordamida paxta yerlariga ishlov berish jarayonini to’la mexanizatsiyalashtirish, chigitli paxtani yig’ish hamda paxta bilan bog’liq bo’lgan boshqa qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Rulli boshqaruv
"Danfos" rusumli nasos-dozalagich bilan jihozlangan, gidrohajmli
Oldingi boshqaruvchi ko’prik
Avtomatik ravishda blokka tushadigan differensial bilan jihozlangan, ravoqli, uchta ish holati bilan:
• o’chirilgan,
• doimiy yoqilgan,
• orqa g’ildiraklar charx urganida, avtomatik holatda yoqilgan
To’xtatish (tormoz) tizimi
Asosiy va to’xtab turishli- diskli, quruq.
Elektr uskunalar
700 Vt quvvatli generator qurilmasi, 14 V tekislangan kuchlanish bilan, 4 kVt li hamda 12 Vli starterga ega bo’lgan ishga tushiruvchi tizim.
Kabina
Himoyalangan (ROPS), ОЕСDning barcha talablariga javob beradigan; qulay, ventilyatorlar tomonidan yuboriladigan havoning tozalash tizimi, isitish tizimi; ochiladigan yon va orqa oynalari hamda tomning lyuk qismi; elektr oynatozalagichlari hamda yuvuvchi; shu bilan bir qatorda, traktor tizimlarining ishlari haqida xabar beradigan hamda ularni boshqaradigan zamonaviy asboblar va ko’rsatkichlar paneli kabilar bilan jihozlangan.
Ehtiyot qismlarning jamlanmasi
Buyurtma bo’yicha: transport vositasida ishlashga imkoniyat yaratuvchi old ikki g’ildirakli ko’prik; paxta yig’uvchi texnikaning transport tezligini 20km/s gacha oshirish uchun, yurishtezlashtirgich bilan jihozlanadi; 9,2-42 yoki 11,2-42 doiradagi shinalar bilan 60 santimetrga teng bo’lgan qatorlar orasida paxta yeriga ishlov berishga imkoniyat yaratuvchi hamda 2400 mm ga teng bo’lgan traktorning izini hosil qiluvchi qo’ygich; ISO hamdaСЕЕ/ЕСС standartlariga javob beradigan, tirkamani to’xtatish tizimining bir yoki ikki simli pnevmatik uzatma tizimi bilan,qo’shimcha o’rindiq, orqa oynaning elektr tozalagichi, oldingi yuklar bilan jihozlangan tayanch, tokcha, shatakka oluvchi kabi moslamalar bilan ta’minlangan.
Gidroosmali tizim
Pastki yuktortgichning oshiq-moshiq o’qidagi yuk ko’tarish qobiliyati, kgs
Uzatmalar korobkasi- mexanik, 9 chi uzatmani blokirovkaga soladigan, sakkiz pog’onali (uzatmalar sonini ikki hissa oshiruvchi reduktor bilan jihozlangan)