“МТZ Belarus 80.1” traktori bazasidagi frontal yuk ortgichi turli qurilish, yuk ortish hamda yukdan bo’shatish, qolaversa, yer ishlari uchun mo’ljallangan.
Ushbu texnikaning yog’lig’i (kovshi) oddiy, jag’li hamda kattalashtirilgan (yengil materiallarni orttirish uchun) bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, kovsh ag’daruvchi uchi ayri asboblar hamda boshqa asbob-uskunalar bilan almashtirilishi mumkin.
Ushbu mashina “МТZ Belarus 80.1” rusumli asosiy traktor hamda ro’paradan yo’naltirilgan old yuk ortgich uskunalaridan tarkib topgan.