“Versatile SX 275” rusumli o’ziyurar purkagich

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

“Versatile SX 275” rusumli o’ziyurar purkagich – bu juda ham baquvvat, mustahkam va unumdor mashina hisoblanib, unda mexanizmlarning yeyilib va buzilib ketish jarayonlarini kamaytirishga hamda ishchi etirmalarni bir tekisda kiritish uchun shtanganing ishlashini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan.

Bir gektarga kiritish mumkin bo’lgan o’g’itlarning me’yori 5 litrdan 500 litrgacha miqdorni tashkil etadi. O’g’itlarni kiritish me’yori esa operator tomonidan konstanta tarzida belgilanib, purkagichning harakatlanish tezligi o’zgarishiga qaramasdan, avtomatik ravishda saqlab turiladi.

Kuchlanish qurilmasi
“Versatile SX275” rusumli o’ziyurar purkagichning kuchlanish qurilmasi sifatida, 275 l/s kuchiga ega bo’lgan dvigatel ishlatiladi. Ushbu dvigatel boshqa motorlardan o’zining yuqori mustahkamlik darajasi va kam yoqilg’i sarflanishi bilan ajralib turadi. Yoqilg’i sarfanish darajasi 1 gektarga 0,6-1,2 litrga teng. Yoqilg’ini yuqori sifatli filtrlash (tozalash) uchun tashqi filtrdan foydalaniladi – u namlikdan ajratuvchi va ikki bosqichli yoqilg’ini nozik tozalash tizimiga ega.

Transmissiya
5-bosqichli UO’AK (uzatmalarni o’zgartirish avtomatik korobkasi) ish tezligini 35 km/s gacha oshirish va shunday tezlikda ishlash, transport tezligini esa 57 km/soatgacha oshirish kabi imkoniyatni yaratib beradi. Elektron boshqarish tizimiga ega UO’AK blokka tushiriladigan gidrotransformator bilan jihozlangan bo’lib, ushbu jihozlanish yoqilg’ini tejashga ijobiy ta’sir ko’satib keladi!

Harakatlanishning tekislik darajasi va ravonligi kruiz-boshqarish tizimi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu vazifa esa, bunday o’ziyurar purkagichlar uchun NOYOB hisoblanib, belgilangan ishlov berish tezligini saqlash jaroyonini o’ta soddalashtiradi. “Versatile SX275” rusumli purkagich tezlik tasniflari bo’yicha, o’z sinfida birinchilar qatorini egallamoqda!


  • Tavsif: Versatile SX 275
  • Ishlab chiqaruvchi: ROSTSELMASH
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Россия
Dvigatel quvvati, l.s.
 275
Yoqilg’ini sarflash darajasi, l/ga
 0,6-1,2
Ish tezligi АКPP, km/s
 35
Transport tezligi АКPP, km/s    57

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish