“CLAAS VOLTO 700” rusumli titgich

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

 “MAX SPREAD” rusumli massa oqimini taqsimlovchi maxsus tizim bilan jihozlangan zamonaviy “VOLTO 700” rusumli paxmaytiruvchi- titgich, qo’shimcha nusxalovchi g’ildirak hisobiga, tuproqning turli xil relyefiga tegishli ravishda ishlaydi, sepish jarayonini cheklovchi jild (fartuk) hisobiga esa, maydondagi yon-qirra taraflarining tozaligi hamda o’suvchi massaning teng ravishda qurishini ta’minlab beradi.

•    Samaradorlikning eng yuqori (maksimal) darajasi: diametri 1.50 metrga teng bo’lgan rotorlar, har bittasi oltita xaskashchalar bilan jihozlangan.
•    50 km/soat tezlikda xarakatlanishni ta’minlovchi transport shassisi.
•    Doimiy moylanib turish tizimi bilan jihozlangan, texnik xizmat ko’rsatishni talab qilmaydigan yopiq uzatmalar qutisi (korobkasi).
•    Barcha ko’rinishlarda to’liq kuchlanishni uzatish uchun mo’ljallangan
“PERMALINK” tizimi.
•    Asbob-uskunalarni ishlatmay turib, ushlash burchagini o’zgartiruvchi tizim (12° yoki 16°).
•    Beshta o’ram bilan jihozlangan egiluvchan (elastik) prujinali barmoqlar.
•    Dalaning chekalarida sepish darajasini cheklovchi, gidravlika yordamida yig’iladigan jild (fartuk).
•    Yon taraflarda joylashtirilgan gabarit fonarlari (chiroqlari).
•    To’siqlarga uchragan paytda, titgichning ikkala yarim qismlarini bir paytda to’xtatuvchi tizim.

Afzalliklari
•    Bir tekislikda taqsimlash jarayoni: “VOLTO” rusumli “MAX SPREAD” seriyaga oid bo’lgan barcha titgich agregatlar “MAX SPREAD” rusumli massa oqimini taqsimlovchi tizim bilan jihozlangan;
•    “PERMALINK” rusumli barmoqli mufta hisobiga, uzatmalarning tizimi texnik xizmat ko’rsatishni talab qilmaydi;
•    CKL: “CLAAS” rusumli kuchlanish tortuvchi kuchi hisobiga, ish jarayonidagi shinamlik va qulaylikning yuqoriroq darajasi;
•    Qo’shimcha nusxalovchi g’ildirakning hisobiga, tuproqning relyefiga mos ravishda ishlashi;
•    Sepish jarayonini cheklaydigan jild (fartuk) hisobiga esa, maydonning cheka taraflari tozaligi hamda o’suvchi massaning teng ravishda qurishi.

“MAX SPREAD” rusumli massa oqimini taqsimlaydigan kontsepsiyasi – barmoqlarning tangentsial (egri chiziqqa urinma chiziq bo’yicha yo’nalgan) joylashuvi bilan farqlanadi. 29,3° darajaga hamda orqa tarafga og’ish burchagiga ega bo’lgan geometriyasi massa oqimini taqsimlashni sezilarli darajada yaxshilaydi.  Bu esa o’z navbatida, ish tezligini oshiradi, sepish va taqsimlash suratini yaxshilab, yem-xashak massasiga ishlov berish jarayonini o’ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratib beradi.


  • Tavsif: CLAAS VOLTO 700
  • Ishlab chiqaruvchi: CLAAS
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Германия
Ushlashning eni, m6,70
Transport eni, m2,97
Rotor korpuslarining soni
6
Rotorlarning diametrlari, m
1,50
Bitta rotorga to’g’ri keladigan sepuvchi xaskashchalarning soni
6

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish