Rezina matosidan yasalgan konveyyer tasmasi

Mahsulot mavjud

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

Rezina matosidan yasalgan konveyyer tasmasi turli agregatlar (yassi rolik-tirgaklar yoki tarnovli rolik tirgaklar bilan) hamda turli-tuman ishlatish sharoitlari va maqsadlar uchun mo’ljallangan. Rezina-matoli konveyyer tasmasi yuqori mustahkamlik hamda chidamlilik darajasiga ega bo’lgan yuqori sifatli sintetik materialdan tayyorlangan.

ER turiga oid ko’p qistirmali rezina-matoli konveyyer tasmasi qaytadan ishlab chiqarish sohasiga oid har qanday ishda foydalanilishi mumkin. Konveyyer qobirg’asining tuzilishi hisobiga, bunday tasmalarni “chidamli chopqir” deb ham atashadi, ular har qanday sanoat yo’nalishlarida mustahkam hamda chidamli.

Rezina-matoli ko’p qistirmali tasmalar -45Сdan+60С darajagacha bo’lgan harorat diapazonida ishlay oladi.

Qobirg’aning o’ziga xos xususiyatlari:
•    ER turiga oid ko’p qistirmali qobirg’a (arqoq– poliamid+ asos– poliester (material));
•    materialning yuqori darajali adgeziya (qatlamlarning bir-biriga yopishish darajasi)siga ega bo’lgan maxsus rezinali qatlam;
•    qoplamaning yuqori darajali chidamliligi (abrazivligi< 120 kub.mm), qoplamaning Y-turi;
•    qoplamaning yuqori darajali chidamliligi (abrazivligi< 120 kub.mm), ishning og’ir usullarida ishlash uchun mo’ljallangan qoplamaning X-turi;
•    qoplamaning boshqa turlari– buyurtma beruvchining istagi asosida.

Qo’llanilishi:
•    Tog’-kon hamda tog’-kon boyitish sanoati;
•    Sement-beton zavodlari;
•    Issiqlik stansiyalari hamda chiqindini qayta ishlaydigan zavodlar;
•    Asfalt sanoati;
•    Mineral o’g’itlarni qayta ishlaydigan sanoat;
•    Metallurgiya kombinatlari;
•    Tozalash sohasiga oid ishlar;
•    Qishloq xo’jaligi faoliyati hamda silos kanallari;
•    Shakar hamda kraxmal zavodlari;
•    Tuz-kon sanoati;
•    O’rmon materiallari hamda taxta tiladigan mashinani tashish;
•    Oziq-ovqat sanoati;
•    Kimyo sanoati;
•    Yem-xashak konveyyerlari;
•    Ko’targich konveyyerlari;
•    Quruqlikdagi konveyyerlar;
•    Yuk ortuvchi hamda yukdan bo’shatuvchi konveyyerlar.

Afzalliklari:
•    Tasmaning yaxshi egiluvchanlik darajasi hamda uni nazorat qilish imkoniyati;
•    Tasmaning yuqori darajali chidamliligi hisobiga, uning shikastlanish hamda buzilish darajalari chegaralgan hamda deyarli yo’qqa chiqarilgan;
•    Qoplamaning qalinligi hamda simmetriyasi– buyurtma beruvchisining xohish-istagi asosida;
•    Adgeziyaning yuqori darajasi;
•    Ekspluatatsion hamda ishlash jarayonidagi past darajali harajatlarning hisobiga yuqori tejamlilik xususiyatiga ega;
•    10 foizli ish ortishdagi, nisbatan past bo’lgan uzaytirish darajasi;
•    Oddiy ER-tasmaga xos bo’lgan issiq yoki sovuq yamoq solish (vulkanizatsiya) hamda mexanik o’rnatish kabi qulayliklarga ega bo’lgan, tasma qirralarining ko’p marotaba yopishish imkoniyatiga ega;
•    Ishlab chiqarish jarayoni “DIN 22102” standartiga javob beradi;
•    Tasmaning turli ob-havo sharoitlariga bo’lgan chidamlilik darajasi yaxshilandi;
•    Rezinadan yasalgan bortlari (yon taraflari).


  • Tavsif:
  • Ishlab chiqaruvchi: Нет названия производителя
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Китай
Tasmaning turi

Tasmaning umumiy qalinligi,  mm
(650*EP630/3*4*2M) 500 p/m
9,60
(650*EP800/4*5*2M) 800 p/m 11,80
(800*EP630/4*5*2*М*МЕ) 600 p/m 11,80
(800*EP800/5*5*2*M*ME) 600 p/m 13,00
(1000*EP800/5*5*2*M*ME) 800 p/m 13,00
(1000*EP1000/6*5*2M*ME) 500 p/m 15,20
(1200*EP1000/6*5*2*M*ME) 200 p/m
15,20

Shartli belgilanishning namunasi: “650*EP800/4*5*2M”, unda:
650
- eni;
EP
– matoli karkasning turi;
800
- mustahkamligi N/mm;
4
– matoli qistirmalarning soni;
5
– yuqori rezinali qoplamaning qalinligi;
2
- pastki rezinali qoplamaning qalinligi;
M
– rezinali qoplamaning kategoriyasi.

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish