VECTOR 410 rusumli don yig’uvchi kombayni

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

VECTOR 410 rusumli don yig’uvchi kombayni – bu kichik dalalar uchun mo’ljallangan eng maqbul yechimdir. Mavsum ichida o’rtacha 750 gektar ish kuchiga ega, narxi baland bo’lmagan hamda tejamkor ushbu kombayn fermer xo’jaliklariga xos masalalarni yecha oladigan eng samarali vosita hisoblanadi.

VECTOR rusumli kombayn barabanining diametri 800 mmga teng bo’lgan yanchish mashinasi bilan jihozlangan. Ushbu barabanning afzalliklariga yuqori darajali o’tkazish qobiliyati, donning o’ta past shikastlanish darajasi hamda qiyin donlarga bo’lgan eng mukammal moslashuvchanlik darajasini qo’shish mumkin.

4 klavishali 7 kaskadli poxoltitgich, kuchli ventilyator bilan jihozlangan 2 pog’onali tozalash tizimi hamda mustaqil ishlovchi maydalasholdi qurilmasi sifatli va o’ta ishonchli qoldiq separatsiyasi jarayonini kafolatlab beradi.

Donlar bunkerga toza holda va hech qanday shikastsiz tushadi. Ushbu donlar sotuvga deyarli tayyor turadi.

Bunkerning o’zgaruvchi tomi bunkerning sig’imini zarur paytda 4.5 metr kubdan 6 metr kubgacha kattalashtirishga yoki kombaynning vertical o’lchamlarini kichraytirishga imkoniyat yaratadi. Ochilish elektromexanizmining boshqarish jarayoni esa haydovchi kabinasidan kuzatilib, amalga oshiriladi.

Bunkerning tubida gidropulsatorlar joylashgan bo’lib, ular Rostselmash korxonasi kombaynlarining farqli tomonlaridan biri hisoblanadi. Ushbu qurilmalar tufayli, kombayn nam donlarni bo’shatish jarayonini hech qanday qiyinchiliklarsiz bajaradi, bu esa o’z navbatida, smena samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.

VECTOR 410 rusumli kombaynlar poxolni maydalashi, uni sochishi yoki o’rilgan o’tlar uyumiga joylashtirishi ham mumkin (maydalovchi mashina).

VECTOR 410 rusumli kombaynlar  uchun 12 metr kub sig’imiga ega bo’lgan g’aramlagich mavjud. Bunday g’aramlagich poxolni uyumlarga (g’aramlarga) terib, ularni shu zahoti avtomatik tarzda tushirishga imkoniyat yaratadi.

VECTOR 410 rusumli kombaynlar  zamonaviy 6 silindrga ega bo’lgan, turbinali puflagich bilan jihozlangan YAМZ va CUMMINS kabi dizel dvigatellari o’rnatiladi. Ushbu dvigatellar yoqilg’ini tejab ishlatish, yuqori darajadagi ish tig’izligi paytida 20 foizli zahira kuchiga va optimal darajadagi dinamik tasniflarga ega.

VECTOR 410 rusumli kombaynlar  yoqilg’ining ekspluatatsion sarfi bo’yicha juda ham past ko’rsatkichga ega, ya’ni bir tonna maydalangan donga atigi 1.8-2.5 kg yoqilg’i sarflaydi.

Shu bilan bir qatorda, VECTOR 410 rusumli kombaynlar ulkan, 540 litrli sig’imga ega bo’lgan yoqilg’i baki bilan jihozlangan bo’lib, ushbu bak dalada 16 soatgacha qo’shimcha yoqilg’isiz ishlashga imkoniyat yaratadi.
Haydovchi kabinasi oynalar bilan yopilgan katta maydon (deyarli 5 metr kv.) hamda 70 Vtli 6 ta kuchli gallogen faralarga ega.

VECTOR 410 rusumli kombaynlar  ressortaglik, havo kirmaydigan zich, ikki o’rindiqli “Comfort Cab”kabinasi bilan jihozlangan bo’lib, unga audio tayyorlash tizimi, kuchli shovqin bosadigan tizim, konditsioner, hamda isitish va sovutish kameralari o’rnatilgan.


VECTOR 420/410 rusumli don yig’uvchi kombayni – bu kichik dalalar uchun mo’ljallangan eng maqbul yechimdir.

  • Tavsif: VECTOR 410
  • Ishlab chiqaruvchi: ROSTSELMASH
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Россия
O’roq uskuna5,0/6,0/7,0/9,0
Yon kameraning turi
biter va transportyor
Maydalovchi apparatning turi
1ta baraban
Baraban/rotorning diametri, mm 800
Baraban/rotorning uzunligi, mm 1180
Barabanostining qamrab olish burchagi/rotorning dekalari, darajalar  
130
Baraban/rotorning aylanish tezligi, kv.m
1,1
Baraban/rotorning aylanish tezligi, aylanish/daqiqa335-1050 (200-450)
Tozalash tizimining turi2-panjarali
Tozaluvchi panjaraning maydoni, kv.m3,59
Maydalasholdi uskunasiAvtonom
Bunkerning sig’imi, l6000
Bo’shash tezligi, l/soniya50
Bo’shash balandligi, m3,48
Maydalovchi barabanning aylanish tezligi, aylanish/daqiqa2900
Pichoqlarning soni60
Transmissiya
Gidrostatik 
G’ildiraklarning asosi, mm3778
Boshqaruv g’ildiraklarining izi, mm2845
Boshqaruv g’ildirak shinalarining turi
28LR26
Bo’ysunuvchi g’ildirak shinasining turi18,4R24
DvigatelЯМЗ/236НД
Ish hajmi, silindrlarning soni, joylashuvi, L 11,0V6
Quvvat , kVt/l.s.154/210
Yoqilg’i bakning sig’imi540
Gabarit o’lchamlari (Uzunligi/Eni/Balandligi), transport vositasi ko’rinishida, o’roqsiz, mm
7938/3559/4010
Og’irligi (maydalovchi bilan, o’roqsiz, yoqilg’isiz), kg
11075

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish