“KSТ-1,4М” rusumli kartoshka qazgich kartoshkani qazib olish, uni tuproq qoldiqlaridan tozalash hamda keyinchalik yig’ish jarayonini amalga oshirish maqsadida kartoshkani dalaning tuprog’i ustiga chiqarish uchun mo’ljallangan. Ushbu kartoshka qazgich shuningdek, sabzi, oshxona qand lavlagisi hamda boshqa ildiz mevali sabzavotlarni qazib olish uchun ishlatiladi.
“KSТ-1,4М” rusumli kartoshka qazuvchining tuzilish (konstruktiv) afzalliklari:
- Faol uch qirrali biter o’rnatilgan bo’lib, ushbu biter asosiy elevator ish muddatini uzaytiradi, tuproqning tozalash sifat darajasini 30 %ga oshiradi.
- Kaskad elevatorda joylashtirilgan passiv silkituvchi amplitudasini sozlash imkoniyatining mavjudligi.
- Asosiy elevator faol silkituvchi bilan jihozlanganligi.
- Qartoshka qazgichning yanada kuchli chidamliligi va mustahkamligini kafolatlovchi 4 mm qalinligidagi metaldan yasalgan ramasi.
- Plug tishlarining tirgagi ø60 mmga teng bo’lgan aylanadan yasalganligi ( “KSТ-1,4А” rusumli qazgichning plug tishlarining tirgagi ø60×10 mmli quvurdan yasalgan).
- Asosiy elevatorning old roliklarida (g’ildirakchalarda) kurakchalar joylashtirilgan bo’lib, ular rolik (g’ildirakcha) hamda elevator o’rtasidagi toshlarning tiqilib qolishini oldini oladi.
- Kaskad elevatori rezina bilan o’ralgan bo’lib, erta kartoshkani yig’ishda ishlatish uchun imkoniyatlarni yaratib beradi va kartoshkani shikastlash darajasini pasaytiradi.