“KRANEKS ÅÊ 240LC” gusenitsali ekskavator (24 t; 1,2 ì³)

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

“ÅÊ 240LC”– umumiy qurilish hamda sanoat va yo’l qurilishidagi ekskavatorli ishlar, neft hamda gaz quvurlari bilan bog’liq yumushlarda, ochiq konlarni loyihalashda, shu bilan bir qatorda, ham oddiy ham yumshoq tuproqdagi poydevor yotqizish uchun qazilgan chuqurlar (kotlovan), kanallar va xandaklarni qazish hamda tuproqni ortish kabi ishlar uchun mo’ljallangan texnika hisoblanadi.

Katta bo’lmagan gabarit o’lchamlari ushbu modelni shahar sharoitlarida ham ishlatish uchun imkoniyat yaratadi.

Kabina
“ÅÊ 240” rusumli ekskavatorning  keng hamda mustahkam kabinasi, operatorning ishi o’ta samarali va qulay bo’lishi uchun barcha shart-sharoitlarga egadir:
•    Tebranish darajasini kamaytiradigan "Simrit" (Germaniya) rusumli gidrotirgaklar;
•    Eshik hamda lyuklardagi rezinadan yasalgan zichlovchilar shovqin hamda issiqlik izolyatsiyasiga ega;
•    "Grammer" (Germaniya) rusumli o’rindiq quvvatni tejovchi profil hamda sozlashning keng diapazoniga ega;
•    Pishanglarga hamda tepkiga nisbatan past darajali bosimga ega bo’lgan "Bosch Rexroth" (Germaniya) rusumli boshqarish uskunalari juda qulay joylashgan;
•    "Webasto" (Germaniya) rusumli isituvchi qurilmasi qo’shimcha shinamlikni yaratib beradi;
•    Kabinaning oynalari yassi korinishda ishlangan bo’lib, ular singan paytida tez almashtirish imkoniyatiga ega. Katta o’lchamli oynalari yordamida atrofni har tomonlama yaxshi ko’rish mumkin;
•    Buyurtma beruvchining xohishiga ko’ra, kabina operatorlarga manzur bo’ladigan qo’shimcha akustik tizimga ega bo’lgan stereo magnitola hamda issiq iqlimda ishga shinamlik beruvchi "Webasto" (Germaniya) rusumli konditsioner bilan jihozlanadi.

Boshqarish
Yangi, so'nggi dizayn va quvvatni tejash bo’yicha barcha talablarga javob beradigan, “ÅÊ 240” rusumli ekskavatorning ko'p vazifalarni bajara oladigan pulti, ekskavatorning ish boshlashdan oldingi hamda joriy tizimlarini tekshiradi, buzilgan joylar haqida operatorga xabar yuboradi, ruxsat etilgan ish tasniflarining oshirib yuborilganligi haqida habar beradi hamda gidrotizim va dvigatelni boshqarish uchun qo’llaniladigan ish jarayonlarini (usullarini) tanlab berishga ko’maklashadi.

To’rtta ko’rsatkich bilan to’rtta xabar beruvchilarni o’z ichiga olgan pultning yorug’lik radiolampali (yorug’lik-diodi) displeyi dvigateldagi bosim va harorat darajasi, ishchi hamda sovitadigan suyuqlikning harorat darajasi, shuningdek, ularning ruxsat etilgan tasniflarini to’liq nazorat qilishga imkoniyat yaratib beradi.

«STOP» rusumli ko’p vazifali xabar beruvchi (indikator) operatorni avariyaviy holatlar haqida xabardor qilib, yoqishdan oldin kechadigan tekshiruv jarayonida ekskavator tugunlarining buzilishlari haqidagi xabarlarni, kod shaklida displeyda ko’rsatib beradi.

Changdan himoyalaydigan sensor-sifat ish usulini tanlaydigan o’chirgichlar, yorug’lik radiolampali displey (LEDdispley) va xabar beruvchilarning qo’llanilishi  hamda dvigatelning aylanish tezligini va LED yoritib beradigan nazorat shkalasining mavjudligi (LEDning rangi - oq), ushbu pultni nafaqat yanada ko’p xabar beradigan holatga keltiradi, balki uning xizmat qilish muddatini sezilarli darajada uzaytirishi ham mumkin.

Atrof-muhitdagi yorug’lik darajasiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan yorug’lik darajasini avtomatik tarzda o’zgatiradigan tizim hamda tashqi yaltirashga qarshi ustki qatlamning mavjudligi, operatorning kun bo’yi yanada qulay sharoitlarda ish bajarishiga imkoniyat yaratib beradi.

Ruxsat etilgan eng yuqori normalardan chiqib ketmaslikni ta’minlaydigan “STOP” rusumli xabar beruvchi (indikator) hamda tovush signalini yuboradigan elektr asbob (zummer), ekskavatorning tizimiga bo’lgan nazorat jarayonini keskin soddalashtirib, operatorga butun e’tiborini ish jarayoniga jamlashga imkoniyat yaratadi. Bu esa, o’z o’rnida, unumdorlik va samara darajasining oshishiga olib keladi.

Dvigateli
“ÅÊ 240” rusumli texnikaga 6-silindrga ega bo’lgan, o’zining tejamkorligi, yuqori darajali mustahkamligi hamda texnik xizmatga bo’lgan oz muhtojligi bilan sifatlanadigan, turbinali puflagich va puflanadigan havoning sovitish tizimi bilan jihozlangan, Deutz (Germaniya) rusumli dizelli dvigatel o’rnatiladi. “Deutz” rusumli dvigatel, o’z navbatida,172 l.s. (127 kVt) quvvatga teng bo’gan tezlikka ega. U “ÅVRÎ 3” standartlariga javob berib, ekskavatorga yuqori quvvat va yuqori unumdorlik darajasiga ega bo’lishga yordam berib, turli sharoitlardagi uzoq muddatli ish jarayonini ta’minlaydi.

Ikkitali kaksial-porshenli nasos to’gridan-to’g’ri dvigatelning salmoqli g’ildiragiga ulanadi. Dvigateldan nasosga yo’naltiriladigan aylanish momenti esa, mustahkam, sozlashni talab qilmaydigan “Centa” (Germaniya) rusumli maxsus mufta orqali amalga oshiriladi.

Yoqilg’ini suvdan hamda ifloslanib qolishdan saqlaydigan ko’p pog’onali tozalash tizimi esa, yuqori bosimga ega bo’lgan yoqilg’i nasosi hamda purkovchi asboblarning (forsunka) uzoq muddat ichida to’xtovsiz ishini ta’minlab beradi.

Gidravlik tizim
“ÅÊ 240” rusumli ekskavatorning gidravlik tizimi ekskavatorning turli ishlarni olib borish tasniflari va sharoitlarga bog’liq jarayonlarda, quvvatini oqilona ishlatish, ishni bir tekisda olib borish, ish jarayonida aniq va tez ishlatishga imkoniyat yaratib beradi.

Ushbu gidrotizim ish olib borish jarayonlarida qulay, (turli qo’shimcha asbob-uskunalarning talablariga javob beradi), 32,5 MPàga teng bo’lgan ishchi bosimga ega, unumdor bo’lmagan yo’qotishlarni kamaytirish jarayonida esa eng yuqori samaradorlik darajasiga erishishni kafolatlab beradi.

Barcha ekskavatorlar chet el gidroasbob-uskunalarining to’liq to’plami bilan jihozlangan: agregatli nasos, gidrobo’luvchi, yurish hamda burilishning gidro motorlari, "Bosch Rexroth" (Germaniya) rusumli boshqarish tugunlari, dempferlar bilan jihozlangan "Hydrauto" (Shvetsiya) rusumli gidrosilindrlar, "Haldex" (Germaniya) rusumli markaziy to’plovchi (kollektor), "Manuli" (Italiya) rusumli RVD (yuqori bosim tarmog’i), "Wurth" (Germaniya) rusumli presslagich-moy idishlari, "Hydac Filtertechnic" yoki "Internormen" (Germaniya) rusumli ishchi suyuqlikning tozalovchi qismi (filtroelement).

Metal konstruksiyasi (tuzilishi)
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, yuqori sifat darajasiga ega bo’lgan hom ashyosi, jahonga mashhur bo’lgan ishlab chiqaruvchilarning asbob-uskunalari, texnologik jarayonlarning barcha pog’onalaridagi kuchli nazorat darajalari kabi xususiyatlari, “ÅÊ 270SL” rusumli ekskavatorning metal konstruksiyasi (tuzilishi) uchun yuqori sifat, aniqlik hamda mustahkamlikni kafolatlaydi.

Metal konstruksiyasining barcha butlovchi qismlari faqat past legirlangan po’latdan yasalgan bo’lib, ko’p muddatli ish olib borish hamda yuqori darajali chidamlilikni ta’minlaydi. O’ta katta yuklanishlarga ega bo’ladigan tuzulishning barcha elementlari “10 ÕSND” rusumli o’ta chidamli po’latdan yasalgan. Yog’lig’larni (kovshlarni) ishlab chiqarishda esa "Hardox" (Shvetsiya) rusumli o’ta chidamli va mustahkam po’latdan foydalaniladi.

Metal konstruksiyasini payvandlash ishlari "Esab" (Shvetsiya) rusumli materiallar yordamida, "Kemppi" (Finlyandiya) korxonasining yarim avtomat payvandlash uskunalarida, himoya gazlari atrofida, ya’ni argon hamda karbonat kislotali muhitda amalga oshiriladi. Payvandlash jarayonining rivojlanuvchi texnologiyalari hamda zamonaviy asbob-uskunalar, payvandlangan choklarning yuqori chidamlilik darajasini ta’minlab, metal konstruksiyalarning yuqori sifatini kafolatlaydi.

Quvur tizimlarining ulanadigan payvandlash jarayoni "Esab" rusumli dasturlanadigan qurilmada amalga oshirilib, bu ularning yuqori darajali mustahkamligi va uzoq yaroqlilik muddatini ta’minlaydi. Payvandlangan choklarning ultratovush nazorati esa, choklar ichidagi shikastlanishlarning oldini oladi.

G’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmasining yurishi
“ÊRÀNEKS” rusumli ekskavatorning g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmasining yurishi o’zining yuqori darajali mustahkamligi va ko’p yillik ishi bilan ajralib, ekskavatorga turli tuproq sharoitlaridagi sifatli ish darajasini kafolatlab beradi.

"Bosch Rexroth" (Germaniya) rusumli yurish gidromotorlari hamda "Trasmital Bonfiglioli" (Italiya) rusumli yurish reduktorlari ekskavatorning harakatlanayotgan paytidagi yuqori darajali mustahkamligi hamda burilish va balanlikka chiqish jarayonlarida kerakli bo’lgan kuchlanish tirishishini ta’minlab beradi. G’ilidrak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasma ramasining “Õ”-simon konstruksiyasi esa burilish hamda qayrilishga qarshi yuqori darajali qarshilik ko’rsatishga imkoniyat beradi. G’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasma to’sinlarning ikki nishabli sirti, ularga qo’shimcha mustahkamlikni kafolatlab, tuproq yopishishining oldini oladi.

G’ilidrak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasma to’sinlaridagi yo’naltiruv to’siqlar - tirgak g’altaklarning zanjir tasmadan chiqib ketishini bartaraf etadi. Tayanch hamda yordamchi g’altaklari yuqori darajali yuklanishlarga bardosh berib, uzoq muddatli ish uchun mo’ljallangan. Maxsus rezina-metalli shibbalovchi qismlari g’altaklarning zichligini ta’minlab, ularning ishqalanadigan sirtlarini chang hamda loydan saqlaydi. Taranglovchi mexanizm esa, ekskavatorning butun yaroqlilik muddati davomidagi mustahkam va yuqori darajadagi sifatli ishini ta’minlab beradi.

Ishchi asbob-uskunalar
O’qlar va dastalar eng katta yuklanish sharoitlarida maxsus qattiqlik qovurg’alariga (ichki pardevorlar) ega bo’lib, korobka kesimli payvadlangan konstruksiyalar ko’rinishiga ega. Aynan ushbu qismlar “ÅÊ 240” rusumli ekskavatorning eng qiyin ish sharoitlarida ham, beto’xtov hamda sifatli ish jarayonini ta’minlab beradi. Ekskavatorning yog’lig’lari (kovshlari) “Hardox” - 400 (Shvetsiya)ning yuqori sifatli va o’ta chidamli po’latidan yasalgan bo’lib, "Metallurgica Valchiese" (Italiya) rusumli tishlar bilan jihozlanib keladi.

Qo’shimcha asbob-uskunalarning keng ro’yxati (turli o’lcham va sig’imga ega bo’lgan yog’lig’lari, gidrobolta, yumshatkich, shnekli parma, ko’targich kranlarning yukni changallab oluvchi ikki pallali cho’michi (greyfer)) “ÅÊ 240” rusumli ekskavatorga universallikni hamda yuqori darajali unumdorlikni ta’minlab beradi.


  • Tavsif: ÅÊ 240LC
  • Ishlab chiqaruvchi: ÊÐÀÍÝÊÑ
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Ðîññèÿ
Gabarit o’lchamlari
Yuklarni tashish ko’rinishidagi balandlik darajasi, mm
3200
Yuklarni tashish ko’rinishidagi uzunligi, mm9900
G’ildirak vazifasini o’tovchi keng zanjir tasmasining eni, mm
600; 800; 1000
G’ildirak vazifasini o’tovchi keng zanjir tasmasining yurish eni, mm
3180; 3380; 3580
G’ildirak vazifasini o’tovchi keng zanjir tasmasining yurish uzunligi, mm
4650
Asosi, mm
3830
Klirens, mm 460
Izi, mm 2580
Buriluvchi platforma orqa tomonining radiusi, mm
2905
Kabinaning tomigacha bo’lgan balandligi, mm
2965
Buriladigan platformagacha bo’lgan balandligi, mm
1130
Qazishning asosiy tasniflari 2,5 metrli dastasi bilan 3,05 metrli dastasi bilan
Qazishning eng katta radiusi, mm
9660 10200
Qazishning eng katta balandlik darajasi, mm
9260 9100
Yukdan bo’shatishning eng katta balandligi, mm
6290 6700
Qazishning eng chuqur darajasi, mm
6380 6970
Yog’lig’ bilan qazishdagi kuchlanishning eng katta darajasi, êN 142 146
Dasta bilan qazishdagi kuchlanishning eng katta darajasi, êN 134 121
Yog’lig’ning belgilangan sig’imi, standart, ì³ 1,2 1,2
Dvigatelning tasniflari
Modeli BF6M2012C
Nominal quvvat, kVt (l.s.) 127 (172)
Silindrlarning soni, dona 6
Silindrlarning  diametri, mm
101
Porshenning yurishi, mm
126
Silindrlarning ish sig’imi, l
6,057
Burilish momenti, kNm 56
Buriladigan platformaning aylanish chastotasi (tezligi), ay./daqiqa 10,5
Eng katta yuk ko’tarish kuchi, êN (ts) 200 (20,4)
Tezligi, km/s
0 - 3,1 - 4,7
Ekskavatorning vazni, kg 24,1; 24,7; 25,4
Tirgak sirtiga bo’lgan bosim darajasi, kg/sm² 0,49; 0,38; 0,31
Kuchlanishning gidrotizimi
Nasos yuborishining eng katta darajasi, l/daqiqa 2 õ 214
Gidrotizimdagi eng katta bosim darajasi, MPa
- ishchi asbob-uskunalarning uzatmasi
- yurishning uzatmasi
- platforma burilishining uzatmasi

37,5
31,5
23,0
Boshqarish gidrotizimi
Nasos yuborishining eng katta darajasi, l/daqiqa 22
Eng katta bosim darajasi, MPa 4,0
Gidrosilindrlarning yurishi va diametrlari, mm
- o’qlar
- dastalar
- yog’lig’ning

130 õ 1 253
140 õ 1 632
130 õ 1 020
Yoqilg’i solinadigan idishlari
Yoqilg’i baki, l
430
Sovitish tizimlari 38
Dvigatelni shikast hamda ifloslikdan saqlaydigan qutisi (karteri) 16
Qayrilish mexanizmining reduktori
6
Harakatanish mexanizmining reduktori (har biri)
3
Gidravlik tizim (gidrobakni hisobga olgan holda)
315

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish