Kungaboqarlarni yig’ish uchun mo’ljallangan “Falcon” rusumli o’roq uskunalar

Mahsulot buyurtma asosida

Narxi: kontrakt asosida

Javobi 15 daqiqa ichida

Tezkor aloqa tarmog’i telefoni

(+998 71) 280 00 71

|

(+998 71) 280 00 72

“Falcon” rusumli ixtisoslashtirilgan 8 hamda 12 qatorli noyob o’roqlar, katta maydonlarda joylashgan kungaboqarlarning hosilini ehtiyotkorlik bilan va tezkor yig’ish uchun mo’ljallangan. Puxta o’ylangan konstruktorlik yechimlari tufayli, ushbu o’roqlar ekinlarning barcha ekish joylarida yuqori samarali yig’ish darajasini ko’rsatib, ham baland, ham past o’suvchi navlarni yig’ishda yuqori darajali natijalarni namoyish etadi.

Ushbu o’roqlar, tuproq qatlamidan atigi 600 mm balandlikda joylashgan kungaboqarlarning savatchalarini ushlab olish imkoniyatiga ega. Bunday takrorlanmas natijaga esa, turli balandlik darajasigacha sozlay olinadigan, oshiq-moshiqlarda o’rnatilgan ajratuvchilar hisobiga erishiladi.

Yo’qotish darajasining kamayishi
Lifterlardagi ariqchalar shaklining tuzilishi hisobiga, o’roq kungaboqar savatchalarini ko’tarib olishi bilan bir vaqtda ularni tasmali transportyor ustidan engashtiradi. Shuning hisobiga esa, o’rilgan massa o’roqning shnekiga hech qanday yo’qotish va zararsiz borib, keyinchalik kombaynning qiya kamerasiga yo’naltiriladi.

Buzilishlar ehtimolini yo’qotish
Poyalarni ajratuvchilarning oshiq-moshiqli mahkamlaydigan joylari turli-tuman to’siqlarga uchrash paytidagi buzilishlarni oldini oladi.

Ikki hissa ko’p himoya
Ikkita himoyalaydigan mufta ish mexanizmlarining o’ta yuqori yuklanish jarayoni paytida, uzatmaning to’xtashini ta’minlab beradi.

Yo’qotish darajasini kamaytiradi
Baland shamol qalqoni turli qavatli kungaboqarni yi’gish jarayonida yo’qotishlarning darajasini kamaytiradi.

Universalligi
Avtomatik holatidagi taranglik tizimi bilan jihozlangan tasmali tashuvchi sochilib ketgan poyalar, urug’larni hamda har qanday uzunlikdagi kungaboqar savatchalarini yig’ib olib, ularning joyini o’zgartiradi. Yo’qotish darajasini kamaytiradigan samarali tizim hamda turli havo sharoitlarida sifatli va unumli ishlaydigan texnologik jarayon hisobiga, ushbu o’roq belgilangan agromuddatlaridan keyin ham yig’ish jarayonini olib borishga imkoniyat yaratadi.

Ishonchli va buzilmaydigan ish jarayoni
Tashuvchi moslamasi lifterlarning to’lib tiqilib qolishini oldini olib, tishli o’ramlar bilan jihozlangan va o’rtada joylashtirilgan shnek tuzilishi kombaynga yuboriladigan massaning bir tekisda o’tishini ta’minlaydi. Bunday jarayon massaning shnek tagida to’planib qolishiga yo’l qo’ymasdan, egilish hamda tishlashib qolishidan asraydi.

Har qanday kombayn bilan agregatlanadi
Maxsus qo’ygich hisobiga ushbu o’roq uskuna deyarli har qanday rusumdagi kombaynlar bilan birga ishlay oladi.


  • Tavsif: ПСП-810-05, ПСП-1210
  • Ishlab chiqaruvchi: ROSTSELMASH
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakati: Россия
ModeliPSP-810-05PSP-1210
Turiosmaosma
20 ts/ga bo’lgan hosildorlikda,  1 soat ichidagi unumdorlik darajasi, dan kam emas, t/soat6,59,7
Ish tezliklari, km/s5....95....9
Kombaynni qayta moslashtirish uchun kerakli bo’lgan moslamaning mahsulotlar to’plami bilan birgalikdagi massasi20003200
Kombayn bilan birgalikdagi gabarit o’lchamlari, mm
- uzunligi
- eni
- balandligi

11560
6020
4110

11560
8700
4110
Mashina bilan ishlov beriladigan qatorchalarning soni, dona
812
Ishlov beriladigan qator oralarining eni, sm7070
Kesuvchi apparatlari
disklidiskli
Kesuvchi apparatlarning soni, dona812
Diskli pichoqlarning diametri, mm350350
Poyalar tashuvchilarning soni, dona812
Urug’lar tashuvchilarning soni, dona711
O’roqning uzatmasikardanli,  konus reduktorlari orqali

Uzatma valining aylanish tezligi (chastotasi), ay/daqiqa
500...530500...530

O'xshash tovarlar

Menejerga so'rovnoma yuborish






CAPTCHA


Rahmat, sizning so'rovingiz qabul qilindi!

Bizning menejerimiz yaqin vaqt ichida siz bilan bog'lanadi.

Katalogga o'tish