4 Апр 2017

Qiymati 16 million AQSH dollariga teng katta yuk avtomashinalari uchun mo’ljallangan kabinalarni ishlab chiqarish korxonasi O’zbekistonning Samarqand viloyatida ishga tushirildi.  

Bir yil ichida uch mingta kabinani ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ushbu korxona, Samarqand viloyatining Jomboy shahridagi avtozavodda, CLA seriyasiga kiruvchi MAN rusumli  transport vositalari uchun mo’ljallangan lokalizatsiya dasturi doirasida, “JV MAN Auto-Uzbekistan” O’zbekiston-Germaniya qo’shma korxonasi tomonidan tashkil etilgan.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo’shma korxonasida kabinalarni yig’ish uchun kerakli bo’lgan muhrlangan metal panellar “MAN Truck&BusAG” (MTB AG, Germaniya) ta’sischilarining qatoriga kiradigan Xitoyning “SinotruckCo., Ltd” firmasi tomonidan yetkazib beriladi. O’zbekiston korxonasida esa ushbu kabinalarning payvandlanishi, bo’yalishi hamda yig’ilishining to’liq jarayoni amalga oshiriladi.

“O’zavtosanoat” korxonasi mutaxassisining gaplariga ko’ra, kabinalarni ishlab chiqarish bu— MAN yuk tashuvchi mashinalarga tegishli butlovchi qismlarni lokalizatsiyalash jarayonining dastlabki bosqichlaridan biri hisoblanadi.  Shuningdek, lokalizatsiya dasturiga, mashinaning ishlangan gazlari uchun quvurlar, ovozni pasaytiradigan moslama (glushitel) kabi yuqori murakkablik darajasiga ega bo’lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqarish jarayonini o’rganish ham kiritilgan.

Ushbu loyiha  qo’shma korxonaning shaxsiy mablag’laridan moliyalashtirilgan.

Xabar berishlaricha, 2009 yilning avgust oyida “MAN Truck & Bus AG” hamda “Uzavtoprom” korxonalari yuk mashinalarini ishlab chiqarish bo’yicha “JV MAN Auto-Uzbekistan” QKni tashkil qilishgan. O’zbekiston tomonining ulushi 51%ni tashkil etgan bo’lsa, Germaniyaning ulushi 49%ga teng bo’ldi.

2010 yilning sentyabr oyidan esa ushbu qo’shma korxona - “SamAuto” MCHJ (Samarqand viloyati, Isuzu rusumli avtobus hamda kichik tonnali yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan yuk mashinalarni ishlab chiqaradi) avtozavodining negizida yuk mashinalarining ulkan tizimli yig’ish jarayonini ishga tushirdi.

2011 yilning dekabr oyida Jomboyda “MAN”ning texnik xizmat ko’rsatish hamda dilerlik markazining ochilishi ro’y berdi, 2012 yilning iyulida esa— 30 million AQSH dollarlik qiymatga ega yuk ko’tarish avtomashinalarini yig’ish zavodi tashkil etildi. Ushbu korxonaning mahsulotlariga— to’liq massasi 15 tonnadan 50 tonnagacha bo’lgan “MAN” rusumli avtomashinalar, ya’ni egarli yuk tortuvchilar, ag’darma mashinalar, furgon hamda maxsus texnika kabilar kiradi.

Ushbu zavodning ishlab chiqarish quvvati — bir yil ichida uch mingdan ko’p yuk ko’tarish mashinalarini tashkil etadi. Kelajakda esa bu ko’rsatkich sakkiz mingtagacha oshishi kutilmoqda.

Bugungi kunda zavodning modellari qatori “MAN” rusumli texnikaning “CLA”, “TGM”, “TGS” seriyasiga oid 60dan ziyod yuk texnikasini o’z ichiga oladi.

2014 yildan boshlab, Samarqand viloyatida ta’sischisi “Uzavtoprom” bo’lgan “UzAutoTrailer” zavodi faoliyat yuritib, “JV MAN Auto-Uzbekistan” QK uchun osma hamda tirkama texnikani ishlab chiqaradi.

Eslatib o’tamiz, “MAN” rusumli yuk tortuvchi hamda ag’darma mashinalarini Toshkentning “PROMZONA.UZ” korxonasida xarid qilishingiz mumkin.

Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.