3 Мар 2017

Dunyodagi eng yirik qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqaradigan korxonalarning birinchi beshligiga kiruvchi “Rostselmash” korxonasi, o’z mahsulotlarini yig’ish bo’yicha korxonani O’zbekistonda ochishni mo’ljallamoqda.

Rossiya matbuot xizmatining xabar berishicha, “ Rostselmash” korxonasi hamda “Chirchiq qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi” AJ hamkorlik haqida memorandum imzolashdi.

Ushbu hujjat doirasida, “Rostselmash” mahsulotlarini yig’ish zavodini “Chirchiq qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi” AJ negizida qurish bo’yicha barcha ishlarni uyushtirish uchun, ikkala taraf ham uzoq muddatli hamda o’zaro manfaatli hamkorlik qurish fikrini ifodalashdi.

“Chirchiq qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi” AJning bosh direktori Asadulla Saydullayev Rostov-na-Donu shahriga tashrif buyurib, “Rostselmash” KG korxonasining osma asbob-uskunalari hamda qishloq xo’jaligi mashinalarini ishlab chiqaruvchi kuchlari bilan tanishdi. Ikkala taraflar ham O’zbekiston uchun kerakli hamda mamlakatning sharoitlariga to’g’ri keladigan texnikaning ro’yxatini belgilab olishdi.

rostselmash.jpg

“Birinchi navbatda bu asbob-uskunalar tuproqqa ishlov berish hamda ekinlarni kimyoviy himoyalash uchun mo’ljallangan. Biz shuningdek, yem-xashaklarni tayyorlaydigan mashinalar va texnika bo’yicha masalani qarab chiqmoqdamiz. Shu bilan birga, hamkorlik shakllari haqida kelishib oldik”, - dedi Saydullayev.
Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston tomoni ushbu ishlab chiqarish zavodi - qo’shma yig’ish zavodiga aylanib, asta-sekinlik bilan lokalizatsiya darajasining yuqorilashuviga olib kelishiga umid qiladi. Shu bilan bir qatorda, aynan ushbu loyiha, O’zbekistondagi qishloq xo’jaligining texnik asosini yaxshilashga yordam beradi, deb ta’kidlab o’tdi u.

“Rostselmash” korxonasining ma’lumotlariga qaraganda, bugun barcha kerakli hujjatlarning muvofiqlashtirish jarayoni hamda loyihaning bosqichma-bosqich ishlab chiqilishi amalga oshirilmoqda. Ikkala taraflarning rejalariga asosan, bahorda amalga oshiriladigan dala ishlari vaqtiga O’zbekistonning xo’jaliklariga, qo’shma ishlab chiqarish korxonasining birinchi mahsulotlari yetkazib beriladi.

Ayni paytda “PROMZONA.UZ” korxonasi “ROSTSELMASH” korxonasining rasmiy dileri hisoblanadi.

“ROSTSELMASH” korxonasi ishlab chiqaradigan qishloq xo’jaligi texnikasini esa, “PROMZONA.UZ” korxonasida xarid qilishingiz mumkin.

Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.