23 Мар 2017

O’tgan yilda bo’lib o’tgan ATN qishloq qurilish texnikasi ko’rgazmasida Gollandiyaning “Vredo” korxonasiga tegishli “Vredo VT7028-3” rusumli dunyodagi eng kuchli hamda eng katta o’lchamlarga ega bo’lgan organik o’g’itlarni sepuvchi moslama taqdim qilingan.

O’zining sinfida eng ulkan hisoblanadigan ushbu mashina– suspenziyalarni (biror-bir moddaning boshqa suyuq modda ichida mayda zarra yoki tomchi holida suzib yuradigan eritma) tashish uchun mo’ljallangan ulkan gabarit o’lchamlarga ega bo’lgan o’ziyurar tsisterna ko’rinishiga ega. Ushbu olti g’ildirakli gigant mashina 700 l.sli eng katta quvvatga ega bo’lib, 21 yoki 32 kub.metr bunker hamda “Deutz V8” rusumli 16 litrli dvigatel bilan jihozlanib keladi.

Rulli boshqarish uslublari esa, barcha g’ildiraklarni bir paytning o’zida boshqarish hamda ikkala tomonga ham harakatlanishga imkoniyat yaratadigan “krab yurishi” funksiyasini o’z ichida mujassam etgan.   Ushbu sepuvchi moslama, o’g’itlarni ochiq basseyn-tindirgichlardan olish uchun moslangan maxsus yeng (nasos) bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, ushbu 12000 litr/daqiqa quvvatiga ega bo’lgan nasos, 32 kub.metrli bakni atigi 2,25 daqiqa ichida to’ldiradi.

Mashinaning birinchi xaridori ushbu bahaybat  uskunani sotib olish uchun 600 ming yevro atrofida  mablag’ sarflagan “GADS Maskinstation” korxonasi hisoblanadi.

“Vredo” korxonasi bunday sepuvchi mashinalarni yiliga kamida o’nlab sotishga tayyorlanmoqda.

Vredo VT7028-3

Vredo VT7028-3

Vredo VT7028-3

Eslatib o’tamiz, o’g’itlarni sepuvchi mashinalar hamda boshqa rusumli qishloq xo’jaligi texnikasini Toshkentning “PROMZONA.UZ” korxonasida sotib olishingiz mumkin.

Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.