1 Äåê 2014

Mahsulotlarni lizingga xarid qilish bu juda qiyin va bir tarafdan qaltis qadam hisoblanadi. Har bir mamlakatda ushbu masalaning o’ziga xos xususiyatlari hamda tartibga solish qonun-qoidalari mavjud. O’zbekiston mamlakatida lizing qay tarzda rivojlanib borayotgani hamda har bir tadbirkor nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida “Uzbek Leasing International” korxonasi direktorining o’rinbosari Botur Yusupov so’zlab beradi.

- Bugungi kunda O’zbekistonda lizing qanchalik mashhur?
- Bugungi kunga kelib lizing xizmatlari noyob kashfiyot bo’lmay qolgan, bunday moliyalash usulining borligi haqida tadbirkorlik olami vakillarining barchasi bilishadi. Bizning mamlakatimizda yuzdan ortiq lizing beruvchilar mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi tijorat banklari hamda lizing korxonalari hisoblanadi. Bunday lizing korxonalar nafaqat poytaxtimizda, balki mamlakatimizning viloyatlarida ham joylashgan.

Amalda bajarilgan ishlar bilan birgalikda lizingga berilayotgan obyektlarning umumiy narxi ham oshmoqda. Shunday qilib, mamlakatimizda o’rtacha yillik lizing to’plamining o’sish darajasi 25-30 %dan kam bo’lmasdan, joriy yilning to’qqiz oyi tahliliga ko’ra, lizing jarayonlarining umumiy qiymati ikki trillion so’mdan ortiq miqdorga teng, bu esa o’tgan yilgi korsatkichdan 24,4 %ga ko’proq.

Lizingga sotiladigan obyektlar (mahsulotlar) ro’yxati ham kengaymoqda: agar o’n yil oldin lizing to’plamining eng katta qismi qishloq xo’jaligi texnikasi bilan to’lgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu texnika bilan bir qatorda, lizingga texnologik asbob-uskunalar, transport vositalari hamda ko’chmas mulk beriladi. Keltirilgan diagrammalarda (chizmalarda) O’zbekistonda amalga oshirilgan lizingning o’sish (rivojlanish) jarayonlari ko’rinib turibdi.

iter.jpg



- Traktor, bulldozer yoki boshqa shu kabi maxsus texnikani xarid qilish jarayonida qaysi usul eng qulay hisoblanadi: kreditmi yoki lizing?
- Kredit hamda lizingning turlari har xil bo’ladi. Traktorlarning ba’zi bir turlarini, so’zsiz lizingga olish qulayroq. Misol uchun, "O’zqishloqmashlizing" korxonasida lizing muddati 12 yilga teng bo’lib, to’lanadigan badali yillik 7%dan boshlanadi. Ammo ushbu dastur qishloq xo’jaligi texnikasining faqatgina aniq bir modellariga nisbatan belgilangan bo’lib, fermerlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Ko’p hollarda mijozlar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydigan boshqa import traktorlari hamda qishloq xo’jaligi texnikasini talab qiladi, bunday hollarda esa boshqa banklar hamda lizing korxonalari taqdim qilayotgan takliflardan birini tanlashga to’g’ri keladi. Moliyalashtirish stavkasi esa pul birligi (valyuta), mablag’ bilan ta’minlash muddati hamda qarzdor mijozning kredit xavfiga bog’liqdir.

Shuningdek, maxsus yo’nalishga qaratilgan fermerlar uchun mo’ljallangan qishloq xo’jaligi texnikasi hamda qurilish korxonalari uchun kerakli maxsus texnikani mablag’ bilan ta’minlash kabi kredit dasturlari mavjud. Bunday fondlar esa davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan imtiyozli kreditlash fondlari hisoblanadi. Davlat lizing korxonalarida ham imtiyozli lizing takliflari mavjud.

Mablag’ bilan ta’minlash manbaini tanlashdan oldin esa, bozordagi barcha takliflarni o’rganib chiqib, narxi, jarayonning tezligi hamda mablag’ bilan ta’minlovchi maskanning turg’unligi kabi omillarni tekshirib, eng optimal darajadagi manbani tanlab olishni maslahat beraman.

- Lizing shartnomasini rasmiylashtirayotgan tadbirkor birinchi navbatda nimalarga ko’proq e’tibor berishi kerak?
- Bugungi kunda samarali tadbirkorlik jarayonini olib borishning asosiy talablaridan biri, bu shartnoma bo’yicha hamkorlarning o’z vazifalarini vaqtida bajarishi hisoblanadi. Vaqting ketdi - baxting ketdi, degan maqol aynan shu holatga mos keladi. Yangi xizmatga ega bo’lib bozorga vaqtida kirish jarayoni amalga oshirilmasa, yoxud mavjud bo’lgan talablarga vaqtida javob qaytarilmasa, shu sohadagi raqiblaringiz noningizning ulkan bir bo’lagini olib qo’yishadi.

Shu bilan bir qatorda, lizing korxonasi tadbirkorning biznesini olib borishdagi hamkori hisoblanib, mablag’ bilan ta’minlash bo’yicha olgan barcha majburiyatlarini vaqtida hamda to’liq hajmda bajarib kelishi shart. Lizing korxonasi vijdonliligining tasdig’i sifatida esa, mijozlarining doirasi, joriy lizing operatsiyalarning to’plami, bozordagi mashhurligi hamda lizing korxonasini mablag’lar bilan ta’minlaydigan kreditorlar oldida, o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarilgan majburiyatlarning sifati hamda sonini taqdim qilishi mumkin.

Oxirida keltirilgan ma’lumot muhim ahamiyatga egadir, chunki lizingga olinadigan obyektlarning (mahsulotning) har biri lizing korxonasining mulki hisoblanadi. Ushbu obyektni xarid qilishda mablag’lar bilan ta’minlovchi to’lovlar borasida muammolar tug’ilganida esa, kreditorlar barcha qarzlarini lizing obyektini (mahsuloti) musodara qilish yo’li orqali olishi mumkin.

- Texnikani kreditga yoki lizingga xarid qilish jarayonlarining biror-bir kamchiliklari mavjudmi?
- Ha, albatta, chunki bu bank bo’ladimi yoki lizing korxonasimi, siz mablag’ bilan ta’minlovchi korxonaga marjangizni to’lab berasiz. Ammo bu kamchilik emas, chunki ushbu to’lov mablag’lar bilan ta’minlash xizmati uchun to’lanadigan haqdir. To’lov haqqining adolatliligi esa, xizmatlar majmui hamda korxonangiz tomonidan lizingga olingan texnikadan samarali foydalanishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.

- Xaridini lizing shartnoma bo’yicha rasmiylashtirishga tayyor bo’lgan tadbirkorlarga qanday maslahat bera olasiz?
- Birinchi navbatda, lizingga olinayotgan texnikani ishlatish samarasini sinchiklab o’rganib chiqish shartdir. Taqdim qilinayotgan xizmat yoki ishab chiqariladigan mahsulotga bo’lgan ehtiyoj darajasi ham tahlil qilinishi zarur. Oylik lizing to’lovlarni amalga oshirish uchun mavjud bo’lgan pul oqimining yetarliligi, shuningdek, mahsulotga ehtiyoj pasayganida, to’lovlarni amalga oshirish uchun rezerv mablag’larning mavjudligini tekshirish kerak. Agar loyiha muvaffaqiyatida 100% ishonch bo’lmasa, qarzga olingan mablag’larni yangi mahsulotlarni o’zlashtirishda ishlatmaslik kerak.
 
Chunki agar mahsulot ishlab chiqarilmasa yoki sotilmasa, korxona mablag’larining kamayishiga duch keladi, bu esa to’lovlarni amalga oshirish kechiktirilishiga sabab bo'ladi, natijada penya (jarima) solinadi. Bunday hollarda mablag’ bilan ta’minlovchi tomon suddagi da’volashuvning deyarli hamma hollarida g’olib bo’lib chiqadi va tadbirkor lizing obyektini (mahsulotni) lizing beruvchi korxonaga qaytarishiga to’g’ri keladi, shu bilan bir qatorda, qarzning asosiy qismini o’z ichiga olgan va amalga oshirib bo’lingan to’lovlarning qismi qaytarilmaydi.

Bundan tashqari, agar qarzning miqdori lizingga berilgan obyektning (mahsulotning) narxini qoplamasa, lizingga bergan korxona lizing oluvchining garovga qo’yilgan mulki yoki boshqa qo’shimcha aktivlariga qarata qarzni undirish haqidagi eslatmani yuboradi. Shuning uchun, loyihangiz muvaffaqiyatida 100%li ishonch hosil qilganingizdagina, tashqi moliyalashtirish yordamiga murojaat qilishingiz mumkin.

- Sizningcha, O’zbekistonda amalga oshiriladigan lizing jarayonlarining kelajagi qanday?
- Bozorimizda 2002-2012 yillarda ro’y bergan lizing korxonalarning yaratilishi haqidagi shov-shuvlardan so’ng, bugungi kunda vaziyat ancha barqaror, turg’un hamda yanada oldindan tahlil qilinadigan holatga keldi. Bozor mablag’ bilan ta’minlash hamda sohalarga qaratilgan yo’nalishlar bo’yicha yirik o’yinchilar tomonidan bo’lib olingan. Mablag’ bilan ta’minlashning stavkalari esa bozorning tuzilishi, manbalarning mavjudligi hamda raqiblarning imkoniyatlariga bog’liq.

Hozirgi kunda lizing korxonalarining barchasi qo’shimcha mablag’larni qidirish bilan band, ba’zilar o’zining ixtisoslashuvini susaytirmoqda, yana kimdir maqsadlarni o’zgartirmoqda, ba’zilari esa yangi va so’nggi xizmatlarni ishga tushirmoqda, ammo bir omil hammaga allaqachon tushunarli bo’lgan, ya’ni sifatli xizmatlar ko’rsatmasdan turib hamda mijozlarga to’gri keladigan mablag’lar bilan ta’minlash stavkalarini taqdim qilmasdan,oldinga qarab rivojlanish juda ham qiyin bo’ladi.

Suhbatni Malika Reiymbayeva olib bordi