4 Ôåâ 2015

Tadbirkorlik, biznes-jarayonlarini rivojlantirish hamda yangi korxonalarni yaratish uchun malakali mutaxassislarning guruhi kerak, ayniqsa, yaratilayotgan korxona maxsus texnika hamda asbob-uskunalar ta’minoti bilan shug’ullanishni ko’zlasa. Bugungi kunda bozor shubhali obro’ga ega bo’lgan ta’minotchilar bilan to’la, bu esa xavf-xatar imkoniyatlarini oshiradi. Shu sababli ularga duch kelmaslik uchun, nomi chiqqan yirik korxonaga murojaat qilish shart. “AvadanGroup” korxonalar guruhining bosh direktori Sergey Allaxverdov korporatsiyasining asfzalliklari, raqobat hamda bozorning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida gapirib berdi.

“Kommersant.Uz”: “AvadanGroup” korporatsiyasining xizmatlar doirasiga nimalar kiradi?
Sergey Allaxverdov: “Avadan Group” Korxonalar guruhi vertikal ko’rinishdagi xolding qonun-qoidalariga asoslangan holda barpo etilgan bo’lib, ishlab chiqarish asbob-uskunalari hamda texnologik tizimlarni butun dunyodagi mamlakatlardan qidirish hamda ta’minlash sohasida, bojxona tizimida rasmiylashtirishda, yuridik yordamni amalga oshirishda, sug’urta, konsalting (maslahat) xizmatlari kabi loyihalar, biznes-turizm sohasidagi loyihalarni mukammal tarzda taqdim qiladi hamda butun jahonda amalga oshiriladigan sanoat ko’rgazmalariga safarlarni uyushtirish kabi ishlar bilan shug’ullanib keladi.

Ãåíåðàëüíûé Äèðåêòîð ãðóïïû êîìïàíèè Avadan Group, Ñåðãåé

“Kommersant.Uz”: Bugungi kunda O’zbekistonda asbob-uskunalarni yetkazib berish xizmatlarini taqdim qiladigan korxonalar juda ham ko’p, bu borada siz uchun raqobat darajasi qanchalik sezilarli?
Sergey Allaxverdov: Biz nafaqat asbob-uskunalar bilan ta’minlash ishlari, balki biznes uchun zarur bo’lgan boshqa vazifa va xizmatlarni ham amalga oshiramiz. Korxonamizning barcha bo’limlari zanjirning halqalariga o’xshaydi. Misol uchun, tadbirkorlar navbatdagi safardan so’ng hamkorlik shartnomani imzolashni istaydilar. Bunda bizning vazifamiz, shartnomani imzolash chog’ida barcha savollarga yechim topish, to’lovning eng optimal usulini qidirish hamda kerakli hujjatlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu jarayonning navbatdagi pog’onasida asbob-uskunalarni O’zbekistonga yetkazib beradigan logistik korxonamiz ishga kirishadi. Bizning sug’urtalovchilarimiz esa yukning saqlanishini ta’minlab berishadi. Asbob-uskunalar kelishi bilanoq, deklarant mutaxassislarimiz yukni bojxonadan olib chiqib, mijozimizning hududiga yetkazib berishadi. Shuning uchun ham, bugungi kunda biz bilan to’g’ridan-to’g’ri raqobatlasha oladigan korxona yo’q.

“Kommersant.Uz”: Bunday yuqori malakali mutaxassislar guruhini qanday qilib shakllantira oldingiz?
Sergey Allaxverdov: Mutaxassislarimiz haqida gap ketar ekan, ularning o’z ishini bilishi hamda katta tajribaga egaligini aytishim mumkin. Biz ko’p vazifalar doirasini bajara oluvchi kichik sonli xodimlardan iborat bo’lgan korxonani barpo etishga majbur bo’ldik, chunki qisqa vaqt ichida 150ta malakali xodimlarni yig’ishning ilojisi yo’q! Butun korxona “tirgak” xodimlarga suyanadi va bunday odamlar “tizim yaratuvchi” xodimlar hisoblanadi. Qolgan xodimlarni esa korxonaga zarar keltirmasdan turib, boshqalariga almashtirish mumkin. Umuman olganda, “Avadan” korxonalar guruhida 35ta vakil ish olib boradi, ulardan har biri esa ko’p qirrali xodim hisoblanadi.

“Kommersant.Uz”: Bugungi kunda korxonangizning eng mashhur xizmatlari haqida aytib bersangiz.
Sergey Allaxverdov: Ayni damda moliyaviy konsalting (maslahatchilik), shartnomalarni tuzish, bojxona muammolarini hal qilish kabi xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj baland. Bugungi bozorning ishtirokchilari (tadbirkorlar) mijozlarining mablag’larini tejab sarflashga e’tibor berishmaydi, qolaversa, bojxona muammolarini hal qiladigan mutaxassislar taqchilligi ham kuzatilmoqda. Bojxona masalasiga to’g’ri yondashilsa, biror-bir asbob-uskunalarga bo’lgan to’lovlarni deyarli ikki baravar kamaytirish mumkin bo’ladi.

Bizning korxonamiz har bir mijozning muammosiga alohida yondashadi. Tushunaman, bu gap ko’p takrorlanadi, ammo ushbu vazifani biz to’laqonli bajarayotganimizni aytib o’tmoqchiman.

Ãåíåðàëüíûé Äèðåêòîð ãðóïïû êîìïàíèè AvadanGroup, Ñåðãåé Àëëàõâåðäîâ


“Kommersant.Uz”: Har bir mijozga alohida yondashuv haqida aytib o’tdingiz. Demak, korxonangiz yagona ish tizimiga ega bo’lmasdan, barchasi mijozning muammosi hamda uning maqsadlariga bog’liq. Shundaymi?
Sergey Allaxverdov: Aksincha, yagona ish tizimi mavjud va u beto’xtov ishlaydi. Chunki agar ish tizimi avtomatik ravishda ishlasa, kengroq fikr yuritish hamda mijoz uchun to’g’ri keladigan yechim topish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Bizning vazifamiz shunchaki mijozimizning buyurtmasini bajarish emas, balki mijozning tadbirkorlik ishida eng daromadli va ko’p foyda keltirib bera oladigan yechim topishga qaratilgan. Har bir mijoz bilan birgalikda sinchkovlik bilan olib boriladigan jarayonlar hamda uning muammolarini o’zimizning muammolarimiz kabi o’rganib chiqish usullari – mijozlarimizning sodiqligini ta’minlaydi. Bu esa afzalliklarimizdan biridir.

“Kommersant.Uz”: Ishingizda qanday qiyinchiliklarni yaqqol ko'rsatishingiz mumkin?
Sergey Allaxverdov: Birinchi navbatda, barcha qiyinchiliklar kutilmagan sarf-harajatlar tufayli kelib chiqadi. Bunday harajatlar kech kelgan transport yoki yuk, ba’zi bir hollarda esa biz buyurtma bergan mahsulot o’rniga boshqa mahsulotning kelishi va shu kabi turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarning ro’y berishi tabiiy hol, zero ularsiz tadbirkorlik jarayonini tasavvur qilib bo’lmaydi. Asosiysi, istalgan tadbirkorlik kamchiliklarini yo’qotish uchun sharoit va muammoni o’z vaqtida aniqlab olish, tezkor hamda aniq yechimni qabul qilishdir. Qiyinchiliklar tug’ilganida, biz bahona qidirib o’tirmaymiz. Mijoz oldida ochiq hamda vijdonan gapirish juda muhim.

“Kommersant.Uz”: Mijozlaringiz sizning yechimlaringiz bilan rozi bo’lmagan holatlarda, siz ularning fikrlarini o’zgartirasizmi yoki mijozning nuqtai nazarini birinchi o’ringa qo’yasizmi?
Sergey Allaxverdov: Mijozning fikrini o’zgartirishni nomunosib ish, deb hisoblayman. Biz nima uchun boshqa yo’nalishda o’ylashimiz hamda nima uchun aynan bu yoki u usulni tanlab olganimiz sababini tushuntirsak bas. Qolgani esa mijozga bog’liq. Buyurtma beruvchi mijozlarning ishga bo’lgan qarashlari o’ziga xos bo’ladi, bizniki esa ularnikidan farq qiladi. Ba’zi holatlarda bizning qarashlarimiz bir-birimizga to’g’ri kelmasligi mumkin. Bunday hollarda bizning asosiy vazifamiz maksimal darajadagi ma’lumot hamda dalillarni keltirishdir. Keyingi qadamni esa mijozning o’zi qo’yadi.

“Kommersant.Uz”: “Avadan Group” korxonangizning xizmatlaridan ko’pincha kim foydalanadi, katta mablag’ aylanmasiga ega bo’lgan ulkan korporatsiyalarmi yoki kichikroq hajmdagi korxonalarmi?
Sergey Allaxverdov: Korxonamiz ish jarayonlarining 80%i avtomatlashtirilgan. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bozorning boshqa ishtirokchilari taqdim qiladigan xizmatlarga qaraganda bizning xizmatlarimiz narxi 20-30% ga pastroq. Bejiz biz katta bo’lmagan xodimlar shtatiga ega bo’lgan korxonani barpo qilmadik. Chunki 30ta xodimni ta’minlash 150 xodimni “boqish”ga qaraganda afzallroqdir, barcha harajatlar optimallashtirilgan. Shuning uchun ham biz savdo-sotiq darajamizni o’n barobar oshirishga harakat qilmayapmiz, chunki bozor sig’imi katta bo'lganligi sababli, buni uddalashning imkoniyati yo’q, qolaversa, O’zbekiston bo’ylab asosiy mijozlarimiz atigi 30-40 ming korxonalarni tashkil etadi.

“Kommersant.Uz”: Narx-navolarning belgilanish tizimi qanday omillarga bog’liq?
Sergey Allaxverdov: Korxonamiz narxlar ro’yxatiga ega bo’lib, bizda ushbu ro’yxatga asoslangan holda ish olib boriladi. Mijozimiz esa o’zining invoys narxini o’zi hisoblab chiqishi mumkin.

Ãåíåðàëüíûé Äèðåêòîð ãðóïïû êîìïàíèè AvadanGroup, Ñåðãåé Àëëàõâåðäîâ


“Kommersant.Uz”: Nima deb o’ylaysiz, ushbu sohada yangi o’yinchilar paydo bo’lishi mumkinmi?
Sergey Allaxverdov: Albatta, raqobat va raqiblar har doim bo’ladi, ammo o’ylashimcha bozorimiz hali bunday hodisalarga tayyor emas. Joy allaqachon band, bozorning egiluvchanligi esa sezilmayapti, bunday xizmatlarga o’ta yuqori talab ham yo’q. Biz esa keng doiradagi xizmatlar bilan bozorga keldik, aynan shu tufayli o’zimizning mustahkam o’rnimizga ega bo’ldik. Bizning bugungi maqsadimiz mijoz hamda hamkorlarimizning sonini oshirishdir.

“Kommersant.Uz”: Tadbirkorlik turizmi sohasi bugun qay tarzda dolzarb hisoblanadi?
Sergey Allaxverdov: Avval barcha tadbirkorlar Yevropa davlatlariga tadbirkorlik safarlarini uyushtirishga juda qiziqishgan. Bugun esa vaziyat o’zgarib, AQSh davlatiga bo’lgan qiziqish kuchaygan, shu bilan bir qatorda Afrika, Avstraliya, Venesuela hamda Argentinaga safar qilish uchun buyurtmalar ko’payib ketmoqda. Bir tarafdan, bunday vaziyat rivojlanishdan darak berishi mumkin, boshqa tarafdan esa, asosan bunday davlatlarga buyurtma beradigan mijozlar Yevropani allaqachon ko’rib kelgan bo’lib, endi boshqa mamlakatlar bilan qiziqishmoqda. O’ylashimcha, tadbirkorlik turizmi sohasiga bo’lgan qiziqish hamda ehtiyojning eng yuqori pog’onasi O’zbekiston mamlakatida allaqachon tugadi.

“Kommersant.Uz”: Yaqin kelajakdagi maqsadlaringiz haqida so’zlab bersangiz.
Sergey Allaxverdov: Biz korxonalarni boshqarish xizmatini taqdim qilishni ko’zlayapmiz. Misol uchun, mana sanoat korxonasi yangi asbob-uskunalar bilan ta’minlandi, u bilan nima qilish kerak? Bizning xodim va mutaxassislarimiz esa ushbu loyiha ustida ishlab, bir yil o’tgach, mijozga ishga tushirilgan tadbirkorlik jarayonlari hamda to’liq xodimlar shtatiga ega bo’lgan tayyor korxonani topshirishadi. Tushunaman, O’zbekistondek mamlakat uchun bunday xizmat yangi hamda hali xomaki tuyulishi mumkin, chunki ishonch darajasi hali yuqori pog’onada emas, lekin ishonamanki, biz bunga erishamiz.

Suhbatni Malika Reiymbayeva olib bordi
Fidel Askarxodjayev surati